Hojilar shukronasi
21.9.2016 4675

    Shukronalik... birgina shu kalom inson qadr-qimmatini yuksak daraja va martabalarga noil etadi. Bu so‘z tilga ko‘chganda qalblarda xotirjamlik, ko‘zlarda sevinch yoshlari zohir bo‘ladi. Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan hojilarimizda ham ana shu kayfiyat hukmron. 76 yoshni qarshilagan navoiylik Sharofat Bozorova shukronalikka yo‘g‘rilgan ko‘z yoshlarini tutib turolmadi: 

     "Men sobiq tuzumni ko‘rgan bir ayol sifatida aytmoqchimanki, bunday sharoitlarni ota-onalarimiz ko‘rmay o‘tib ketdilar. Ular yoshligimizdan bizlarga doim uqtirib kelishardiki, hali yaxshi kunlar keladi, yurtimiz ozodlikka erishadi, bizlarga nasib etmagan muborak safarlarga borish sizlarga nasib qilsin, deya duo qilardilar. Allohga shukr, mana bizlarga shu kunlarni ko‘rish nasib etdi. Buning uchun hukumatimizga mingdan ming rahmatlar aytamiz. Biz hojilar hammamiz yurtimiz doimo tinch bo‘lishini, xalqimiz bundanda farovon bo‘lishini, farzandlarimiz kamolini tilab iltijolar qilayapmiz" 

 

Saudiya Arabistoni, Makka shahridan

 

Manba: www.ziyo.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217265
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24620
  • 19078
  • 12847
  • 15823