"Hazrati Imom" jome masjidida mavlidi sharif o‘qildi
4.12.2016 4149

    Yurtimizga Rabi’ul avval oyi ham kirib keldi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar bermoqda. Ushbu oyda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning siyratlarini o‘rganish, xayrli tadbirlar amalga oshirish an’anaga aylangan. Xuddi shunday tadbirlardan biri bugun, Rabi’ul avvalning 3 kuni, 02 dekabr sanasida poytaxtimizning "Hazrati Imom" jome masjidida mavlidi sharif tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda boshqa ulamolar qatnashishdi. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga salavotlar aytib, mavlid so‘ngida xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqini so‘rab ko‘plab duolar qilindi. 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217575
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24645
  • 19102
  • 12860
  • 15840