"Haj-2016" mavsumi oldidan
23.8.2016 4418

   Mana bir necha yildirki, jonajon yurtimizdan har yili minglab yurtdoshlarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etib kelmoqdalar. Hukumatimiz hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan yildan-yilga ziyoratchilarimiz xotirjam va bemalol ibodat qilishlari uchun chiroyli shart-sharoitlar qilib berilmoqda.
    Bu yilgi haj mavsumiga ham tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Avvalo ziyoratchi xotirjam, ibodatlarini chiroyli va mukammal ado etishi uchun unga sifatli, toza, ozoda istiqomat joyi va yetarli shart-sharoitlar kerak bo‘ladi.
    Makka shahrining “Aziziya” dahasidagi ko‘rkam bino peshtoqiga 16 metr uzunlikdagi davlatimizning bayrog‘ini ko‘rsangiz dilingiz yayraydi. 23 qavatli hashamatli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi ulkanligidan Makka shahrining uzoq-uzoqlari ko‘rinib turadi, tepasiga qarasangiz, do‘ppingiz yerga tushadi.
    Tashqaridan shuncha chiroyli va hashamatli bo‘lsa, ichkari qismi qanaqa ekan, deb o‘ylayotgandirsiz, albatta. Avvalo mehmonxona kiraverishidagi keng zal odamning diqqatini o‘ziga tortadi. Kirgandan hordiq chiqarmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun yangi, qulay o‘rindiqlar joylashtirilgan, mehmonxona xizmatchilarining shirin muomalasi esa kishining bahri dilini ochadi.
    O‘z xonangizga ko‘tarilmoqchi bo‘lsangiz, har biriga 21 tadan odam sig‘adigan 10 ta lift kutib turadi. Bu liftlar shunday dasturlangan-ki, bitta tugmani bossangiz, siz turgan joyga eng yaqin lift darrov yetib kelib, istagan qavatingizga bir zumda yetkazib qo‘yadi. Qavatingizdagi yo‘lakka gilamlar to‘shalgan. Yo‘laklar gard tushsa, yalagudek saranjom-sarishta. Har bir xona 4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, sizga mo‘ljallangan yotoqda hali ohori to‘kilmagan ko‘rpa-yu choyshablar to‘shab qo‘yilgan. Xohlasangiz ro‘parangizga osib qo‘yilgan televizordan Ka’bai muazzamani yoki Masjidun Nabaviyni tomosha qilib o‘tirishingiz mumkin.
    Har bir xonada kiyim javoni, yozuv stoli, sovutgich va muzlatgich ham majud. Xona did bilan shunday bezatilgan-ki, kirgan kishi hayratini yashirolmasa kerak. Xonalar yorug‘ va ozoda. Xona bezagiga hamohang qilib chiroyli parda osilgan. Xullas kelganingizda bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz, muhtaram Hoji!

 

Haj-2016 ishchi guruhi
Makka shahri. 2016 yil 22 avgust

 

www.muslim.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219044
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45709
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19231
  • 12944
  • 15957