“Haj-2016” guruh rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2.8.2016 4573

    Joriy yilning 1 avgust kuni Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida “Haj-2016” mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Toshkent viloyatlari ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatuvchi guruh rahbarlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari M.Yo‘ldoshev, D.Babadjanov, O‘MI Matbuot kotibi J.Nuriddinov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shakirov, tibbiyot guruhi xodimlari va guruh rahbarlari ishtirok etishdi.
    Tadbirda guruh rahbarlari tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas’uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning guruh rahbarlariga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.
     Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham guruh rahbarlariga ma’lumot berildi.
     Tibbiyot guruhi xodimi ziyoratchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida guruh rahbarlariga zarur tibbiy tavsiyalar berdi.
     Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

 

 

www.muslim.uz 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217789
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97972
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47003
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44855
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24668
  • 19129
  • 12876
  • 15860