Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada YeXHT ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
16.7.2016 4606

   2016 yil 14 iyul kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada YeXHT ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Jon MakGregor bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mehmonni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov qabul qildi. O.Yusupov mehmonga O‘zbekistondagi bugungi kundagi diniy vaziyat, diniy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, dindorlarga yaratib berilgan sharoit va erkinliklar hamda yurtimizda hukm surayotgan dinlararo bag‘rikenglik borasida ma’lumot berdi.

    Asosiy e’tibor respublika hududida faoliyat olib borayotgan turli xil din vakillarining tinch-totuv yashayotganliklariga, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda diniy va milliy bag‘rikenglikning tobora kengayib borayotganligidan dalolat berayotganligi qayd etildi. Shu o‘rinda YuNESKO tomonidan "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" deb e’lon qilingan 16 noyabr kunidagi tadbirlar xususida ma’lumot berilib, yil sayin ularda ishtirok etish niyatini bildirayotgan xorijiy hamkorlarning ko‘payib borayotganligini ta’kidlandi hamda janob J.MakGregor ham joriy yilda o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashishga taklif etildi. J.MakGregor O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik an’analariga yuqori baho berib, hali hanuzgacha dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida o‘zaro kelishmovchilarning asosiy sababi aynan diniy qarama-qarshiliklardan iborat ekanligini ta’kidladi.

    J.MakGregor Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati bilan bo‘ladigan keyingi uchrashuvlar davomida kelgusi yillardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishiga umid bildirib qoldi. O‘z navbatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari tomonidan ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik sohasidagi tajribasini keng targ‘ib qilish masalalarida hamkorlik qilinishiga tayyor ekanligi bildirildi.

 

 

www.religions.uz  

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218894
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949