Buxoroda “Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovining 2 - bosqichi bo‘lib o‘tdi
12.7.2016 5561

   2016 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligida, viloyat imom-xatiblari o‘rtasida Diniy idora rahbariyati tomonidan tasdiqlangan nizom asosida “Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovining 2 - bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nizomda ko‘rsatilganidek, tanlov shartlari va qatnashchilarga beriladigan savollar hakamlar hay’ati qarori bilan tasdiqlandi.
   Tanlov natijalariga ko‘ra, Peshku tuman “Bobo Arab” jome’ masjidi imom-xatibi Karimov Olim 293 ball to‘plab birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligining birinchi darajali diplomi va HP noutbuk kompyuteri bilan taqdirlandi.
   Tanlovda 287 ball to‘plagan Romitan tumani “Xo‘ja Muhammad Boboi Samosi” jome’ masjidi imom-xatibi Shirinov Abdulatif ikkinchi o‘rin sohibi deb topildi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligining ikkinchi darajali diplomi, elektropech va “Ruhiy tarbiya” kitobi jamlanmasi bilan taqdirlandi.
  Uchinchi o‘ringa 274 ball to‘plagan Jondor tuman “Abdullo ibn Abbos” jome’ masjidi imom-xatibi Avezov Muzaffar loyiq deb topildi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligining uchinchi darajali diplomi, elektro samovar va “Ruhiy tarbiya” kitobi jamlanmasi bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilar ham esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
   Imom-xatiblar o‘rtasida to‘qqizinchi bor o‘tkazilgan mazkur tanlov, o‘tgan yildagi tanlovdan har tomonlama yuqori saviyada tashkil etilgani va shunga monand ravishda imom-xatiblar saviyasi ham nisbatan sezilarli darajada o‘sganligi ko‘zga tashlandi.
    Tanlov yakunida viloyat bosh imom xatibi Mansur domla Nurullayev imomlar o‘z ustida ishlashdan hech qachon to‘xtamasligi, doimiy izlanishda bo‘lishi va shunga o‘xshash qimmatli tavsiyalarini berdi.
     Tadbir yakunida, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va dinimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan imom-xatiblar haqiga duoi xayrlar qilindi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218891
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47187
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24752
  • 19219
  • 12938
  • 15949