3 yillik Maxsus sirtqi bo‘limga hujjatlar qabul qilish boshlandi
4.10.2017 10944

O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 29 sentyabrdagi “Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidlarni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash uchun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida 3 yillik Maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etish to‘g‘risida”gi 01A/092-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2017 yilning 2 oktyabr kuni soat 09:00 dan 2017-2018 o‘quv yili uchun Maxsus sirtqi bo‘limiga hujjat qabul qilish boshlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan “Maxsus sirtqi bo‘limga abituriyentlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi buyruq” asosida 2017-2018 o‘quv yili uchun Maxsus sirtqi bo‘limga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2017 yilning 2 oktyabrdan boshlab, joriy yilning 10 oktyabr soat 20:00 gacha davom etadi.

Toshkent islom instituti “Qabul hay’ati” tomonidan Maxsus sirtqi bo‘limga hujjat topshirish uchun kelayotgan abituriyentlar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Institut faoliyati haqida ma’lumot beruvchi banner bilan birga e’lonlar doskasida hujjatlarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom, Yo‘riqnoma va Qabul qoidalari bilan tanishtiruvchi ma’lumotnomalar o‘rnatilgan. Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

Mas’ul kotib K.Mahkamov

Muslim.uz

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217766
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24663
  • 19127
  • 12874
  • 15859