Vatan himoyachilari e’zoz-extiromda
15.1.2017 5478

   Vatan – ulug‘ tushuncha. Uni asrab-avaylash, rivojiga munosib hissa qo‘shish, yovlardan himoya qilish har bir insonning muqaddas burchi. Zero, hadisi shariflarda “Vatanni sevmoq imondandir”, deb bejiz aytilmaydi. Ona yurt himoyasida jasorat ko‘rsatganlar esa asrlar osha qadr va e’zoz topadi, hech qachon nutilmaydi, qalblarga muhrlanadi. 
   Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Shayx Najmiddin Kubro, Amir Temur va boshqa ko‘plab mard-jasur bobolar jasorati tarixning zarvaraqlariga zarhal harflar bilan bitib qo‘yilgan. 14 yanvarning yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” sifatida nishonlanishi zamirida ham ana shunday mard farzandlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tibor mujassam. 
   Bayram munosabati bilan, tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligidagi Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidi jamoasi tomonidan masjidga tutash mahallalarda istiqomat qiluvchi 20 nafar harbiy faxriylar, afg‘on urushi qatnashchilari ziyorat qilindi, suhbatlashildi, duoi xayrlar qilindi. Shundan so‘ng, harbiylar xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 
   Vatan mudofaasida kamarbasta bo‘lgan barcha mard va jasur yurt posbonlarini, harbiy xizmatchilarni bayram bilan muborakbod etamiz! Mamlakatimizning tinchligi va osoyishtalini ta’minlash yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

 

 

Shayx Zayniddin jo’me masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217176
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819