Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Haj ziyoratidan qaytib keldi
23.9.2016 3998

   Dunyodagi barcha mo‘’min-musulmonlar qatori o‘zbekistonlik ziyoratchilar ham muqaddas haj ziyoratini amalga oshirib qaytmoqda. Hojilarimizga qarab, tillari duo va shukronaga, qalblari zavqu-shavq, behisob xayajonga, ko‘zlari nur-ziyoga to‘lganini sezish qiyin emas. Zero, bunday baxt mo‘min uchun yuksak mukofotlardan biri sanaladi. 
   Avval xabar berganimizdek, bu yilgi “Haj-2016” mavsumida ham ziyoratchilarning eson-omon borib-kelishlari, ibodat amallarini bekamu ko‘st ado etishlari uchun hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratildi. Alohida ishchi guruhlari va malakali mutaxassislar jalb qilindi. Guruhlarga yuksak tajriba va salohiyatga ega ulamolar yo‘lboshchi sifatida tayinlandi. 
   Ana shunday baxtga erishgan yo‘lboshchilar qatorida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, Shayx Zayniddin jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li ham bor. Ming kishilik guruhga yo‘lboshchi sifatida tayinlangan Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li bu yilgi haj amallari doimgidan-da chiroyli, batartib o‘tganini, o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar a’lo darajada tashkil etilganini ta’kidladi. 
    “Yurtdoshlarimiz bilan ulug‘ maskanlarda turib, Vatanimiz, yurtdoshlarimiz, o‘z ahli oilalari va barcha mo‘min-musulmonlar haqqiga, shu jumladan, mamlakatimiz bunyodkori, islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning haqlariga duoyi xayrlar qildik. Vatanimizga bardavom tinchlik, dasturxonlarimizga to‘kinlik so‘radik. Bunday qulay sharoitlar uchun mamlakatimiz rahbarlari haqlariga duolar qilindi. Hoji otalar, hoji onalar va barcha ulug‘ baxtga erishgan hojilardan ko‘p yaxshi gaplar, minnatdorlik so‘zlarini eshitdik. Bir so‘z bilan aytganda, bu yilgi haj amallari juda ham chiroyli tarzda ado etildi”, deydi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li.

 

 

Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217108
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24608
  • 19067
  • 12838
  • 15810