Muxlislarga tuhfamiz
4.7.2015 5843

 

        Assalomu alaykum, aziz muxlislar. Ma’lumki, Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom - xatibi hamda “Shayx Zayniddin” jome’ masjidi imom - xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li muallifligida kitoblar nashr etilgan, ovozli to‘plamlar muxlislarga yetkazilgan. Bugun muxlislarga xushxabarimiz bor. Ilm - ma’rifat chirog‘ining yana bir fonusi qalbingizni yoritadi, degan umiddamiz. Ya’ni, siz azizlarga Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining 2013 yildagi juma ma’ruzalari asosida DVD formatda “Juma ma’vezalari” 1 – va 2 – fasllari  taqdim etilmoqda. Unda “Taqvoning fazilati”, “Xotira va qadrlash hikmati”, “Obod turmush saodati”, “Dehqonchilik rizq ochuvchi Allohning ulug‘ bir ishidir”, “Istig‘for qalb taskini”, “Farzand buyuk ne’matdir”, “Isro va Me’roj” mavzularida ma’ruzalar tinglaysiz.

Ushbu tuhfamizni bekamu – ko‘st, chiroyli holatda yetib borishi uchun biroz mashaqqat chekildi. Ajrini Alloh hammamizga nasib aylasin. Bugun mazkur to‘plamlar sizning uyingizdagi kitob javoningizdan o‘rin olishidan xursandmiz. Ilm – ma’rifatga bo‘lgan ixlosingiz hech qachon so‘nmasin.

 

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati     

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217329
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24624
  • 19084
  • 12848
  • 15827