YuNESKO tomonidan Islom dini mukofotlandi
11.7.2016 4719

   2016 yilning 4 iyul kuni xalqaro YuNESKO tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan matbuot konferensiyasida, Islom dini – Dunyodagi eng tinchlikparvar din deb, e’lon qilindi va sertifikat bilan taqdirlandi. 
   Albatta, bu oliy mukofotga sazovor bo‘lish jarayoni oson kechmadi. Jumladan, YuNESKO mutaxassislari Xalqaro tinchlik tashkiloti bilan hamkorlikda olti oy davomida, dunyodagi barcha dinlarni o‘rganib chiqishdi va ushbu xulosaga kelishdi. 
   Konferensiyada Xalqaro tinchlik tashkilotining “Qiyosiy tadqiqotlar” bo‘limi boshlig‘i Robert Mak so‘zga chiqib: “Biz olti oy davomida izlanishlar va so‘rovnomalar olib bordik hamda Islomni dunyodagi eng tinchlikparvar din ekanini aniqladik”, dedi. Suhbat yakunida Robert Makdan, yaqinda Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida Islom dini nomidan amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari haqida so‘ralganda, quyidagicha javob berdi: “Bu qo‘poruvchiliklarning mutlaqo Islomga aloqasi yo‘q. Terror – hech bir dinga mansub emas. U din va millat tanlamaydi. Islomga kelsak, uning mohiyatida tinchlik yotadi. Zero, Islom so‘zi – tinchlik degan ma’noni bildiradi”. 
   Shuningdek konferensiyada, tashkilot muharriri Mofat Javed so‘zga chiqib, YuNESKO tomonidan berilgan sertifikat, Islom dini va musulmonlarga nisbatan noto‘g‘ri tassavurlar va gap-so‘zlarga barham berishiga umid bildirdi. 
   Ushbu sertifikat dunyoning nufuzli shaxslari va turli din rahbarlari tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi. Jumladan, Dalay Lama bu haqida fikr bildirib, boshqa din vakillari mehribonlik va shafqatni tinchlik dini bo‘lgan – Islomdan o‘rganishi kerak, dedi. 

 

www.muslim.uz  

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949