Yosh musulmon Ka’bani qo‘llarida tavof etdi
25.1.2017 6792

   Qatarlik 15 yoshli G‘anim al-Muftah kam uchraydigan kasallikka chalingan. Ilk Umra ziyoratiga kelgan G‘anim Ka’bani tavof qilish chog‘ida nogironlik aravachasidan voz kechdi va buni qo‘llari bilan ado etdi. Uning bu niyatini amalga oshirishga shaxsan Turizm va milliy meros bo‘yicha Saudiya komissiyasi boshqaruvi raisi shahzoda Sulton bin Salmon bosh-qosh bo‘ldi. 

     “Alloh duolarimni qabul qildi. Men qo‘llarim bilan Umrani ado etish va Ka’bani tavof qilish baxtiga muyassar bo‘ldim”, deydi G‘anim al-Muftah va shahzodaning ko‘rsatgan bu yordami va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildirdi. 

    Bolaykay kaundal regressiya sindromiga chalingan. Bu sindrom umurtqaning qo‘yi bo‘limi rivojlanishini to‘xtatadi. Biroq G‘anim nogironlikni katta to‘siq deb bilmaydi. Hozirda u mamlakatdagi eng yosh tadbirkordir. Uning 6 ta filialli muzqaymoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bor. Shuningdek, u suzish, ot sporti, dayving va alpinizm bilan ham muntazam shug‘ullanadi. Kelgusida u Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217571
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24643
  • 19101
  • 12860
  • 15840