Saudiyalik olimlar saratonni oltin bilan davolashni taklif etishmoqda
17.11.2016 4462

     Onkologik kasalliklarni tilla yordamida davolash mumkin. Bu kutilmagan fikr saudiyalik taniqli olim Said Al-Jarudiy tomonidan bildirildi. U bir necha yillardan beri bedavo dardni davolashni qimmatbaho metalldan foydalanish borasida tadqiqotlar olib bormoqda.
      Al Arabiya`ga bergan intervyusida olim bunday davo usulining kelajagi bor, deb ta’kidlagan.
   “Og‘ir hastaliklarni oltin bilan davolash borasida olib borilayotgan izlanishlarga 20 yildan ziyod vaqt bo‘ldi. Biz saraton bilan zararlangan kalamushlarda tajriba o‘tkazdik. Natija o‘ta hayratlanarli. Oltin komponentlari amalda zaharli va zararli effekt bermadi. Saraton to‘qimalari oltinga qarshilik qilish qobiliyatiga ega emasligi ma’lum bo‘ldi”-, deydi saudiyalik olim.
      Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin bilan bog‘liq laboratoriya tadqiqotlarining birinchi bosqichini yakunladi. Keyingisiga yana 10-15 yil vaqt ketishi mumkin.

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217565
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24642
  • 19100
  • 12860
  • 15840