Saudiya fond birjasini birinchi marta ayol kishi boshqaradi
Saudiya Arabistonida ilk bor Yaqin sharqdagi eng yirik Fond birjasini ilk bor muslima ayol boshqaradigan bo‘ldi. Sara as-Suxaymi Birja rahbari Holid ar-Robia o‘rniga tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida NCB Capital bankidagi ishini ham davom ettiradi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, Sara as-Suxaymi Saudiya Arabistonidagi investitsion bank rahbari etib tayinlangan ilk ayol sanaladi.