Saudiya Arabistonida barcha masjidlarda istisqo namozini o‘qish joriy etildi
12.11.2016 4337

    Saudiya Arabistonida ikki masjid hodimi qirol Salmon tomonidan mamlakatdagi barcha masjidlarda istisqo namozini o‘qish joriy etildi. Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning sunnatlariga amal qilish niyatida, uzoq vaqt davom etayotgan jazirama issiqdan so‘ng yomg‘ir yog‘ishini Allohdan so‘rab masjidlarda istisqo namozi o‘qilmoqda.
    Masjidul haramda jamoat bo‘lib, istisqo namozi ado etildi. Unda Makka amiri qirol Holid ibn Faysal, ikki masjid hodimining maslahatchisi Abdurahmon Sudays ishtirok etdi. Namoz masjid imomi, shayx Badar bin Abdulaziz boshchiligida ado etildi. Shuningdek, imom Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning yomg‘ir so‘rab Allohga qilgan duolari haqida ma’ruza qildi.
    Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yomg‘ir yog‘ganda «Allohim! manfaatli yog‘ish qilgin», der edilar”.

 

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217704
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24656
  • 19115
  • 12866
  • 15850