Qozonda rekord hajmdagi Qur’on qayta ta’mirlandi
10.8.2018 2449

Qozonda rekord darajadagi kattalikdagi 2011-yilda Italiyada yaratilgan Qur’oni Karimning bosma nusxasi qayta ta’mirdan chiqarildi.

Islam-today saytining xabar berishicha, barcha ta’mirlash ishlari Halqaro aloqalar institutida amalga oshirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tarixiy eksponatni yaratishda italiyalik ekspertlar bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yganlar.

“Qur’on nusxasini yaratishda mutaxassislar kitobning kattaligiga e’tibor berishmagan, kitob muqovasi hamda sahifalarini shunga munosib tarzda yaratishmaganligi sababli, kitob varaqlangani sayin sahifalar titilib, muqova yiritilishni boshlagan.

Qog‘ozlar bloki juda zaif tikilgani, jildining o‘ta nafisligi sabab ulkan hajmdagi kitobni varaqlash imkonsiz bo‘lib qolgan. Kitobdagi oyatlar bitilgan bosma bo‘yoqlar yaxshi quritilmagani bois ko‘plab sahifalar yopishib qolgan”, deydi oliy darajadagi restavrator – rassom, Tatariston tarixi kafedrasi professori Svetlana Burshneva.

Eslatib o‘tamiz, hajmi 150 ga 200 sm bo‘lgan Qur’on kitobining og‘irligi 800 kg bo‘lib, u 632 sahifadan iborat. 2011-yilda mazkur nusxa ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Mazkur kitob Bulg‘urda saqlanadi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217162
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24610
  • 19071
  • 12841
  • 15815