Permda “Musulmon dunyosi” 8-mintaqalararo forumi ish boshladi
10.4.2018 2159

Shu yilning 5 aprel kuni Perm shahrida 8-mintaqalararo musulmonlar forumi ish boshladi. “Musulmon dunyosi” nomli ushbu forum mamlakatdagi dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash va islom diniga e’tiqod qiluvchi halqlarning madaniyatni namoyish etishga yordam beradi.

Tadbirda Perm viloyati gubernatori Maksim Reshetnikov, Rossiya Bosh muftiysi Talgat Tajuddin, Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, mahalliy musulmon tashkilotlar va jamiyatlar rahbarlari, shuningdek, tarix, etnografiya, dinshunoslik sohalari mutaxassisilari ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha, forumning eng asosiy voqeasi “Rossiyada Islom dini: an’analari va zamonaviy tajriba” amaliy konferensiyasi bo‘ladi.

Forum mehmonlari islom tarixiga oid nodir eksponatlar namoyish qilingan ko‘rgazmani tomosha qilishlari, halol mahsulotlar va hizmatlar yarmarkasida bo‘lishlari, islomiy kitoblar do‘konlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirning yakuniy nuqtasi 6-mintaqalararo Qur’on musobaqasi bo‘ladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217611
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19105
  • 12861
  • 15842