Olimpiada ishitirokchilari uchun dinlararo markaz faoliyat yuritadi
1.8.2016 3791

   Xalqaro olimpiya qo‘mitasi turli dinga e’tiqod qiluvchi sportchilarning ibodat amallarini bajarishlari uchun kerakli sharoitni yaratish maqsadida Dinlararo markazda alohida xonalar tashkil etadi va barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlaydi. Bunday imkoniyat yirik jahon dinlari—islom, xristianlik, induizm, buddizm va iudaizm—ga e’tiqod qiluvchilar uchun yaratiladi. Bu haqida The Huffington Post gazetasi xabar bermoqda.
   Xabarlarga ko‘ra, markazning ochilishi 24 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Markaz ertalab soat 7.00 dan kechki 22.00 ga qadar ishlaydi. Olimpiada o‘yinlari tugashi bilan yopiladi. Diniy ibodatlar uchun xonalarga 50 nafargacha odam sig‘adi. Islom dini vakillari uchun esa ayollar va erkaklarga alohida xonalar tashkil etiladi.
    Eslatib o‘tamiz, yozgi Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 200 davlatida 10 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Manba: www.islam.ru 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217640
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19111
  • 12864
  • 15847