Nobel sovrindorlari BMTdan Myanmadagi musulmonlar genotsidini to‘xtatishga chaqirdi
3.1.2017 4581

    Nobel mukofotining 23 nafar sovrindori BMT xavsizlik yig‘ilishida Myanmadagi musulmonlarga bo‘layotgan zo‘ravonliklarni to‘xtatish masalasiga e’tiborni qaratdi. Mashhur olimlar tashkilot nomiga ochiq maktub yo‘llab, “Myanmadagi etnik tozalashlar natijasida sodir bo‘layotgan insoniyat fojiasi”ga e’tibor qaratishni talab qilishgan.
    "Bordiyu bunga biror chora ko‘rilmasa, odamlar yo o‘qlardan, yo ochlikdan halok bo‘ladi", - deyiladi maktubda.
    Eslatib o‘tamiz, bunday murojaatga Myanmaning shimoli-g‘arbidagi Rakxayn shtatida musulmon-roxinyalarga qarshi zo‘ravonliklar sabab bo‘lgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, so‘ngi 4 yil ichida mazkur mintaqadagi 120 ming odam tazyiqlar tufayli o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217565
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24642
  • 19100
  • 12860
  • 15840