Musulmonlar vayron qilingan yahudiylar qabristonini tiklashga yordam berishdi
23.2.2017 3817

   AQShda istiqomat qiluvchi musulmonlar va yahudiylar dinlararo bag‘rikenglik va hurmat borasida yana bir bor namuna ko‘rsatishdi. Gap shundaki, Missuri shtatida yahudiylar qabristoni vayron qilingan va 200 ga yaqin qabr tahqirlangan. Musulmolar jamiyati esa bir necha soat ichida qabristonni ta’mirlash va restavratsiya qilish uchun 20 ming AQSh dollarini yig‘ib berishdi.
    Bu tashabbusni kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan faol muslima Linda Sarsur ko‘targan. Uning bu tashabbusini AQShning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi musulmonlar qo‘llab-quvvatlashgan. Natijada 3 soat ichida Linda qo‘lida ta’mir uchun kerakli mablag‘ yig‘ilgan.
    “Bu – vandalizmning qo‘rqinchli ko‘rinishi. Amerikalik musulmonlar bu jinoyatdan jabr chekkanlarga hamdardlik bildiradi”, deyiladi internetda yozilgan e’lon izohida.

 

Islam-today

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217637
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19111
  • 12864
  • 15845