Masjidul xaromning janubiy darvozasi vaqtinchalik yopildi
11.10.2016 4226

    Ikki masjidning ishlar bo‘yicha Bosh prezidiumi Masjidul Haromning janubiy darvozasini vaqtincha yopishga qaror qildi. Bunga sabab u yerda olib borilayotgan qurilish ishlaridir. Ayni kunda inshootni yanada kengaytirish rejasi ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra soatiga 107 ming ziyoratchi tavof qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu bilan bilan ziyoratchilarga yanada qulaylik yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sifati oshadi.
     2015 yilda Ikki buyuk masjid imomi qirol Salmon 5 ta loyihaga imzo chekkan edi. Uning uchtasi aynan Masjidul Haromni kengayirish borasida edi. Loyihaga qo‘shimcha darvozalar qurish, yer osti yo‘llari bunyod etish, xizmat ko‘rsatish shahobchalari va xalqa yo‘li tashkil etish kiritilgan. Aytish kerakki, Saudiya Arabistonida Masjidul Haromni kengaytirish loyihasi “Asr loyihasi” deb nom oldi va mazkur loyiha 26 mlrd dollarga baholangan. Loyihani amalga oshirish uchun 45 gektar yer ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Ishlar yakunlangach, masjid 1 million 200 ming nafar ziyoratchini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Manba: www.islam-today.ru 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217097
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24606
  • 19065
  • 12836
  • 15804