Maxachkaladagi anjumanda Dog‘iston Prezidenti ishtirok etdi
16.11.2017 2768

Avvalroq, 14-15 noyabr kunlari Dog‘istonning Maxachkala shahrida “Rossiya musulmonlarining an’anaviy diniy merosini qayta tiklash: Dunyo globallashuv sharoitida musulmon shaxsiyatini saqlab qolish muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishi va unda O‘zbekiston vakilining ishtirok etishi haqida ma’lumot bergan edik.

 

Tadbirda  Rossiya va xorijning yirik diniy arboblari, vakillari va akademik jamiyat a’zolarining ishtirok etdi.

 

Mehmonlar 13 noyabr kuni kechki vaqtda Maxachkala aeroportida kutib olinib, mehmonxonalarga joylashtirilgan. Konferensiya 14 noyabr kunidan o‘z ishini 7 ta sho‘baga bo‘lingan holda boshlagan.

 

Konferensiyada bir qator ilmiy-amaliy muammolarni muhokama qilish, turli ko‘rinishdagi diniy ekstremizm mafkurasini profilaktika qilish, yoshlarning to‘liq shaxsiy va psixologik rivojlanishida ma’naviy tarbiyani asosiy tayanch qilib olishni ommalashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili sifatida Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A.Shokirov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 

Peshindan keyingi konferensiya ishi yalpi majlis shaklida o‘tgan va unla Dog‘iston Respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Vladimir Abdualiyevich Vasilev ishtirok etgani xabar qilindi.

 

Ma’lumot uchun, Dog‘iston Respublikasi Muftiyati, Rossiya musulmonlari idorasi,  Dog‘iston Respublikasi Vijdon erkinligi, Diniy tashkilotlar bilan ishlash qo‘mitasi, Dog‘iston Respublikasi  Ma’muriyati boshlig‘i, Rossiya Federatsiyasi jamoat palatasi, Islom madaniyati, Ilm-fan va ta’limni qo‘llab quvvatlash fondi va millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik kabi tashkilotlar tadbirning tashkilotchilari hisoblanadi.

 

O‘MI matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24623
  • 19082
  • 12847
  • 15826