Jiddada 40 mingta Ramazon fonusi porlamoqda
22.6.2016 3459

   Saudiya Arabistoni Jidda shahridagi jamoat joylari, uylar va ko‘chalar o‘n minglab Ramazon fonuslari bilan bezatib chiqildi. Eslatib o‘tamiz, kelib chiqish tarixi misrliklarga tegishli bo‘lgan ushbu fonuslar qo‘lda tayyorlanadi.
    Ushbu fonuslar dunyo bo‘ylab Ramazon oyining ramzi sifatida mashhur bo‘lib, ayniqsa musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Shahar qahvaxonalaridan birining boshlig‘i Hasan ismli tijoratchi: “Muborak Ramazon oyi kirib kelishi bilan butun shahar fonuslar bilan bezatiladi. Bu ajdodlarimizdan avlodlarga o‘tib kelayotgan an’anadir”,-dedi.
    Ilgarilari fonuslar jez va misdan tayyorlangan bo‘lsa, endilikda texnologiya yangilanishi oqibatida ularni qayta ishlangan konserva idishlari va shishalardan yasashmoqda. Bundan tashqari plastmassadan ishlangan fonuslar ham bor.
   Ushbu fonuslarning ayrimlari turli xil rangda jilvalansa, ayrimlari esa Ramazon haqida qo‘shiq kuylaydi, yana boshqalari esa maxsus quvvatlantiruvchi vositalar yordamida ishlaydi. Bu turdagi fonarlarni ayniqsa bolalar yaxshi ko‘rishadi, chunki ularni qo‘lga olib, yugurib yurish qulaydir.

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19220
  • 12939
  • 15949