Islomofobiyaga qarshi aksiyaga start berildi
30.9.2016 3656

    AQShning Nyu-York shahrida hukumat tashabbusi bilan islomofobiyaga qarshi aksiya o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, musulmonlarga bo‘lgan munosabatni yaxshilash va Islomofobiyaga qarshi kurashishdir.
     Mazkur tadbir borasida o‘z fikrini bildirgan shahar meri Bill De Blazio quyidagilarni ma’lum qildi: “Nyu-York shahrida istiqomat qilayotgan har bir fuqaro millati, tili va dinidan qat’iy nazar biz uchun qadrli hisoblanadi. Biz aholini o‘zaro yaxshi munosabat va bir-birlariga nisbatan bag‘rikenglikda hayot kechirishga chaqiramiz. Shahrimizda yashayotgan odamlar orasida har qanday ko‘rinishdagi, ayniqsa, diniy e’tiqod borasida hech qanday kamsitish va qarama-qarshiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak”.
    Mahalliy hokimiyat tashabbusi bilan aksiya doirasida “Men musulmonman” jumlalari yozilgan reklama lavhalari shahar ko‘chalarining ko‘zga ko‘rinadigan joylarida namoyish qilinadi. Islomofobiyaga qarshi o‘tkaziladigan ushbu aksiya Ijtimoiy tarmoqlarda ham olib boriladi. Jumladan, Twitter mikroblogi foydalanuvchilari uchun #IamMuslimNYC nomli xeshteg ham faoliyatini boshladi.


 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217261
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24619
  • 19078
  • 12846
  • 15823