Ekspertlar Mosulni qayta tiklashga necha yil kerakligini hisoblab chiqishdi
13.5.2017 3282

Jangovar harakatlar natijasida vayron bo‘lgan Iroqning Mosul shahrini qayta tiklash uchun eng kamida besh yil vaqt va milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqida Reuters agentiligi Iroq hukumatining oliy martabali vakili ma’lumotiga tayanib xabar qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda AQSh boshliq koalitsiya va Iroq armiyasi hamkorlikda shaharni IShIDdan ozod qilish harakatlarini olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar batamom terrorchilardan tozalangan.

Naynava provinsiyasining hukumatdagi vakili Nuriddin Kablanning ta’kidlashicha, hozirda Mosulni qayta tiklash rejasi ishlanmoqda. Unga ko‘ra, birinchi yarim yillikda xavfsizlik choralari ko‘riladi, suv va elektr ta’minoti tiklanadi, qochoqlar o‘z uylariga qaytariladi. Ikki yillik rekonstruksiya ishlaridan so‘ng, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilinadi.


Islam-today

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217505
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24635
  • 19094
  • 12854
  • 15835