Ekspertlar: 2070 yilda musulmonlar va xristianlar soni tenglashadi
14.2.2017 3798

   2070 yilga borib Yer sharida musulmon va xristianlarning soni tenglashadi. Bu haqida mashhur Pew Research Center ilmiy tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga tayanib xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.
   Qayd etilishicha, shu bilan birga hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydigan ateistlar soni ham oshadi. Yevropada musulmonlar umumiy aholining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Eng ko‘p musulmonlar yashovchi maqomi Indoneziyadan Hindistonga o‘tadi. Bir necha 10 yillardan so‘ng AQShdagi xristianlar soni umumiy aholining 60 foizigacha tushishi kutilayapti.
    Ta’kidlash kerakki, bu prognoz-ma’lumotlar yirik dinlarning tarqalishi, e’tiqod qiluvchilarning yosh ko‘rsatkichlari, tug‘ilish va o‘lish, migratsiya va e’tiqodini o‘zgartirish singari holatlarga asoslangan.

 


Islam-today

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217591
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24645
  • 19103
  • 12860
  • 15840