Dunyoning eng yirik musulmon davlatlaridan biri 1000dan ortiq masjidni tubdan o‘zgartirishga kirishdi
24.11.2017 2695

Axolisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etadigan dunyoning eng yirik musulmon davlatlaridan biri Indoneziya, 2020yilga qadar mamlakat hududidagi 1000dan ortiq masjidlarni ekologik toza maskanga aylantirish rejasini tuzib chiqdi.

Indoneziya davlati vitse-prezidenti Yusuf Kallo tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyihaga ko‘ra, barcha masjidlarni o‘z-o‘zini qayta ishlovchi quvvat manbaiga ulash, suvni tejamkorlik bilan sarflash va chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish rejalashtirilgan.

Indoneziya Ulamolar Ittifoqi ekologiya departamenti rahbari Xayyu Prabovo bu haqida shunday deydi:

“Indoneziyadagi musulmon aholsining ko‘pchiligi hukumat rahbarlaridan ko‘ra diniy ulamolarning so‘zlariga quloq tutishadi. Ya’ni, agar diniy ulamo biror qaror qabul qilsa uni so‘zsiz bajarishadi, lekin hukumat chiqargan qarorlarga bo‘ysunmasliklari ham mumkin. Shuning uchun ekologik muhit borasidagi g‘oyaning avvalo masjidlarda amalga oshirilishi, bu rejaning tezroq ro‘yobga chiqishiga zamindir”

Eslatib o‘tamiz, Indoneziya davlatida 800  000dan ortiq masjidlar faoliyat ko‘rsatadi. Loyiha rahbarlari, sekin-asta barcha masjidlarda ekologik muhitni yo‘lga qo‘ygach, uni mamlakatning boshqa sohalariga ham tatbiq qilish oson kechadi degan umiddalar.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217700
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19114
  • 12865
  • 15849