“Cho‘ntak tarjimon” loyihasi mualliflari mukofotlandi
14.10.2016 3937

    Millionlab musulmonlarga Makkadagi juma mavezalarini o‘z ona tilida tinglash imkonini beradigan “Cho‘ntak tarjimon” loyihasi uchun Amerika kompaniyasi yuksak mukofot bilan taqdirlandi deb xabar bermoqda islam-today.ru. Kuni kecha mazkur texnologiyani ishlab chiqqan Divine Connect kompaniyasiga Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Global islom iqtisodiyoti sammitida mukofot topshirildi.
    “Cho‘ntak tarjimon” qurilmasi Xaj va Umar ziyoratchilari uchun yaratilgan bo‘lib, tarjimon vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ushbu qurilma orqali ziyoratchilar Masjidul Harom va Masjidi Nabaviydagi juma mavezalarini o‘z ona tillarida tinglashlari mumkin.
    Kompaniya muzkur yaratilgan qurilma uchun 20 million dollar mukofot bilan taqdirlandi. Qolaversa, Dubaydagi texnoparkdan bir yil davomida umumiy miqdori 10 milllion dollarlik texnik uskunalardan foydalanish vakolatini qo‘lga kiritdi.
      Eslatib o‘tamiz mazkur mukofot ega bo‘lish uchun 40 davlatdan 250 ta kompaniya o‘z ishlanmalarini taqdim etgandi.

 

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217097
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24607
  • 19065
  • 12836
  • 15805