Checheniston ziyoratchilari hajga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarda jo‘naydilar
12.4.2018 2387

Endilikda Checheniston Respublikasi ziyoratchilari Haj safariga Groznыy aeroporti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchishlari mumkin bo‘ladi. Shu yilning 20 aprelidan boshlab Checheniston va BAAning poytaht shaharlaridan biri Sharja orasida aviaxabar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda mamlakat rahbari Ramzan Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“20 apreldan boshlab Air Arabia aviakompaniyasi Groznыydan Sharjaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. O‘ta qulay tayyoralar sizni BAAning eng markaziga olib boradi. U yerdan siz bir zumda Dubay, Abu-Dabi va boshqa shaharlarga borishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, u yerdan Janubi-Sharqiy Osiyoning istalgan davlatlariga, Malayziya, Indoneziya va boshqalarga bemalol uchishingiz mumkin. Ushbu reyslar haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishni niyat qilganlar uchun ham ayni muddao bo‘ladi. Safaringiz bexatar bo‘lsin!”, deb yozadi Ramzan Qodirov.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217654
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24651
  • 19112
  • 12864
  • 15848