BMT bosh kotibi: Myanmadagi roxindjalarga nisbatan zo‘ravonlik to‘xtatilishi lozim
12.11.2017 2761

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Myanma hukumatini roxindjalik musulmonlarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishiga va o‘z uylarini tashlab ketgan aholini qaytarishga chaqirdi.

“Biz aholining ushbu qatlamiga nisbatan har qanday nohaqliklarning to‘xtatilishini va Rakxayn shtatining chekka hududlarigacha insoniylik yordamlari yetib borishini talab qilamiz”, - dedi Guterrish, juma kuni Nyu-York jurnalistlariga bergan intervyusida.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, “barcha aholining... Bangladeshga qochgan qochoqlar...havfsizlik ta’minlangan holda o‘z vatanlariga qaytarilishlari eng muhim masaladir.”

“Hozirgi vaqtda fuqaroligidan ajralgan va diskriminatsiyaga uchragan aholining huquqiy holatini tiklash,bu holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan vaziyatni tartibga solish eng asosiy va o‘ta zarur muammodir”- deydi Bosh kotib.

Shuningdek, u BMT Roxindja musulmonlarining huquqlarini ta’minlash masalalari borasida imkon darajasida yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Avgust oyining oxiridan beri mamlakatdagi noxush vaziyat sababli 600000dan ortiq roxindjaliklar Bangladesh hududiga qochib o‘tishgan.

Eslatib o‘tamiz, Inson huquqlarini himoya qilish hamjamiyati ushbu halqaro tashkilotga va butun dunyo yetakchi rahnamolariga rohindja musulmonlarining tang ahvoliga e’tibor qaratishni so‘rab, bir necha bor murojaat qilgan edi.

AQSh huquqni himoya qilish guruhi BMTdan Gaagadagi halqaro jinoiy suddan mazkur voqealar yuzasidan tekshiruv boshlanishini so‘rab, murojaat qilishini so‘radi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217168
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24612
  • 19071
  • 12842
  • 15816