Besh yoshli qori
19.8.2016 8040

   Besh yashar Husayn Muhammad Tohir ko‘zi ojiz bo‘lib dunyoga keldi. Biroq har bir sog‘lom ko‘z egasi qodir bo‘lmagan ishni Allohning marhamati ila sodir etishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Tohir ko‘zi ojiz bo‘lsa-da, radio orqali Qur’oni karimni tinglab, uni qalbiga joyladi.
   Husayn Muhammad Tohirning otasi farzandi televizor ko‘rishga imkoniyati yo‘qligi sababli radio tuhfa qilgani hamda kun davomida beto‘xtov Qur’oni karim tilovati beriladigan radio to‘lqinini qo‘yib bergani haqida aytib o‘tdi. Husayn Muhammad Tohir uch yil radio orqali Qur’oni karimni to‘liq yod olishga muyassar bo‘ldi.
    Jiddadan Madinaga o‘z otasi bilan birga borgan Muhammad Tohir otasidan Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning masjidlariga olib borishni iltimos qiladi. Otasi agar farzandi Baqara surasining dastlabki oyatlarini tilovat qilib bersa, olib borishligini aytdi. Husayn Muhammad Tohir Baqara surasini boshidan oxirigacha yoddan tilovat qilib beradi.
    Hozirda Muhammad Tohir Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning masjidlaridagi ko‘zi ojiz bolalarga Qur’oni karimni o‘rgatuvchi guruhning a’zosi hisoblanadi.

 

Davron NURMUHAMMAD tayyorladi

 

Manba: www.muslim.uz  

 

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219044
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45710
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19231
  • 12944
  • 15957