Bank binosi o‘rniga masjid bunyod etiladi
12.4.2018 2613

Juda ko‘p cherkovlari bilan nom qozongan AQShning Malika Anna shaharchasi musulmonlari ham endilikda o‘z masjidlariga ega bo‘ladilar. Ushbu masjid mahalliy aholi tomonidan tashkil etilgan “Malika Anna Islom tashkiloti” tomonidan barpo qilinadi. Tashkilot shu yerdagi eski bank binosini sotib olib u yerga masjid qurishni rejalashtirgan.

Islom dinini qabul qilganiga 35 yil bo‘lgan mahalliy imom va Islom tashkiloti rahbari Brayan Mitchel: “Bu yer markaz sanaladi va barcha uchun o‘ta qulay bo‘ladi”, deydi.

Avvaliga, mahalliy musulmonlar jamoat namozlarini ado etish uchun Merilend universiteti hududidagi kichik ibodatxonada jamlanishar edi. Lekin, 2011 yilga kelib shaharda musulmonlar soni ko‘payib ketdi va endilikda jamoat namozlari uchun kattaroq hududga zarurat tug‘ildi.

Qurilajak masjid uchun bank binosini tashkilot hayri – ehsonlar yordamida 100 000 dollar evaziga sotib oldi. Hozirda u yerda masjid qurilishi ishlari boshlangan.

Tez orada qurib bitirilajak masjidga yaqin atrofda yashovchi 200 xonadondagi musulmonlar, hamda Merilend universiteti talabalari kelishadi, deydi imom Mitchel.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217643
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19111
  • 12864
  • 15847