Qozondagi masjidlar kambag‘allarga buyum va mahsulotlarni to‘plashmoqda
18.9.2018 2620

Tatariston Respublikasi musulmonlari boshqarmasi yana bir ijtimoiy loyihani boshladi.
Qozondagi masjidlar tashabbusi doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bepul yordam ko‘rsatish maqsadida “Priyut” punktiga zarur kiyim-kechak, oziq-ovqat va maishiy buyumlarni to‘plash hayriya aksiyasi e’lon qilindi. Bu xaqida poytaxt masjidi imomining juma xutbasi davomida xabar qilindi.

Qozon shahridagi masjidlarda bolalar va kattalar uchun kiyim-kechak, poyfzal, oziq-ovqat mahsulotlari (shakar, tuz, makaron, don, konserva va boshqalar), idish-tovoq, o‘yinchoq, uy-ro‘zg‘or buyumlari qabul qilinadi.

"Ijtimoiy reabilitatsiya va uyg‘unlashtirish markazi" ning tashabbusi bilan “Priyut” nomli muhtojlarga yordam ko‘rsatish punkti ochilgan. Bu yerda bepul issiq ovqat, kiyim va poyyabzal yetkazib berish punkti, turar joy va dush mavjud.

Bundan tashqari, pavilonga tashrif buyurganlar telefon aloqasidan foydalanishlari, yo‘qolgan hujjatlarini qayta tiklash, ish bilan ta’minlash, huquqiy maslahat va dastlabki yordam olishlari mumkin. Kam ta’minlangan oilalarga, giyohvand va alkogolga qaram kishilarga yordam berish ham amalga oshirilmoqda. Loyiha uysizlar va daydilar orasida jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi bu ijtimoiy loyihani amalga oshirishda va halol go‘sht bilan ta’minlashda ishtirok etmoqda.



Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217719
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24658
  • 19120
  • 12868
  • 15853