Riberi futbol, oila va islom haqida
30.11.2015 6681

     Futbol olamida musulmon futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shulardan biri islom dinini qabul qilgan mashhur fransuz charm to‘p ustasi, Fransiya milliy terma jamoasi va Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi a’zosi Bilol Frank Reberi. Uning aytishicha, mas’uliyatli oila boshlig‘i va futbolchi bo‘lishida islom dinining ahamiyati katta.
       "Din – bu shaxsiy masala. Men e’tiqodli odamman va islomni qabul qilgach, o‘ylaymanki, ham aqlan, ham jismonan kuchaya boshladim” – degan edi Riberi World Bulletin`ga bergan intervyusida. Bavariya yarim himoyachisi islomni 2006 yili kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan qaylig‘iga uylanishdan avval qabul qilgan.
       "Vahibaning yordami bilan islomni tanidim. Qur’onni o‘qidim va qalbim mazkur buyuk din buloqlaridan suv ichdi. Islomning sharofati bilan eng og‘ir damlarda ruhiy halovat topdim...”, deydi u. Vahibaning ota-onasi Riberi islomni qabul qilgach, rozi bo‘ldi va shundan so‘ng Frankning faoliyatida keskin o‘sish kuzatildi.
        Riberi uchun islom sevgilisga uylanish uchun yagona imkon emasdi. Chunki u hozir islomga chin dildan e’tiqod qiladi va Qur’onda buyurilgan barcha amallar asosida yashashga intiladi. U e’tiqodi haqida ko‘p gapirmaydi, biroq yaqinda Le Paris Match jurnaliga bergan intervyusida islom e’tiqodida o‘zini euda behavotir his qilishini aytgandi.
        Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Riberi 2012/13 yillarda Yevropananing eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgan. 2014 yilda esa Messi, Ronaldular qatorida Oltin to‘pga eng asosiy da’vogar bo‘lgan.
        Fransiyada hozirda deyarli 5 million nafar musulmon istiqomat qiladi va bu Yevropadagi eng katta ko‘rsatgichdir. Ta’kidlanganidek, uning barcha amallarida islom aqidalari ustuvor. Masalan, futbolchi yurtida alkogolsiz bar ochdi. U yerda xo‘rrandalarga faqat sharbat taklif etiladi. Mazkur barni ikki nafar qizlarining ismini qisqartirib, "O'Shahiz"( Shaxinez va Xiziya) deb nomlagan.
       Reberining aytishicha, u otasi va rafiqasidan islomni qabul qilishiga sababchi bo‘lganlaridan juda mamnun. Uning oilasi odamlarni hurmatlash va qadrlashga o‘rgatganini ham qo‘shimcha qildi.
       "Otam biz uchun ko‘p ishladi. U mening tabiatimga g‘oliblik ruhini singdirdi, qiyin vaziyatlarda sabr-toqat qilishga, hayotning har qanday holatida vazminlikka o‘rgatdi...Aynan shu sabab, men bugun har daqiqadan, har bir mashg‘ulot va har bir o‘yindan mamnuniyat hissini tuyaman. Men odamlarni maydonda va uning tashqarisida ham baxtli qilishni xohlayman...Men otam bilan turli qurilishlarda ishladim. Mablag‘ topdim. Biroq bolaligimdan futbol o‘ynardim va futbol, vaqti kelib, men uchun eng muhim ishga aylanishini o‘shanda ham bilardim...”

 

Muslim Mirzajonov tayyorladi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217080
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24599
  • 19064
  • 12833
  • 15802