Iymon
16.7.2015 15445

 

“Imon” so‘zi “ishonish” ma’nosini anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha narsaga ishonish imondir. Imon kalimasi “ashhadu allaa ilaaha illalloh va ashhadu anna muhammadan ’abduhuv va rosuvluh”dir. Buning ma’nosi “guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning bandasi va Rasulidir”. Kim shu kalimalarni aytsa, Allohning Yagonaligi, Muhammad sollallohu alayhi va sallam U Zotning Bandasi, Elchisi va Payg‘ambari ekaniga ishonsa, musulmon sanaladi.

 

Banda qilayotgan ezgu amallarning qabul bo‘lishi uchun imon shartdir. Zero dinsizlar tomonidan qilinadigan har qanday ish qabul qilinmaydi. Avval imon, keyin niyat va ixlos bilangina amallar komil bo‘ladi va bunday amallarni Alloh qabul qiladi.

 

Islomda imon keltirish lozim bo‘lgan narsalarni qalb bilan tasdiqlab, til bilan iqror bo‘lish imonning ruknidir. Islom dinida qalb bilan tasdiqlab qabul qilish lozim bo‘lgan narsalar imonning shartlaridir. Imon shartlaridan birontasini inkor qilish bilan kishi Islom dinidan chiqadi, ya’ni kofir bo‘ladi.

 

Imon shartlari Qur’oni karim, mutavotir hadislar va ijmo’ bilan sobit bo‘lgan.

 

Imon masalalarining barchasi qalbga taalluqlidir. Shu sabab ular aqidaviy masalalar deyiladi. “Aqida” so‘zining ma’nosi ham qalb bog‘langan narsa, demakdir.

 

Sof va to‘g‘ri aqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam va salaflar aqidasidir. Mana shu aqida “Ahli sunna val-jamoa aqidasi” deyiladi. Ahli sunna val-jamoa aqidasi ash’ariyya va moturidiyya mazhablaridan iborat.

 

Aqida masalalari zamon, makon, shaxs va jamiyatga qarab o‘zgarmaydi. Aqida masalalarining hammasiga iqror bo‘lish lozim. Ularning bir qismiga ishonib, boshqasini inkor qilish mumkin emas.

 

Yuqorida bayon qilingan Din asoslari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislaridan olingandir. O‘sha rivoyatda bejizga aqida masalasi birinchi zikr qilinmagan. Zero amallarning eng boshida imon turadi. Ulardan keyingi o‘rinda turuvchi namoz, ro‘za, zakot va haj aqidaga bog‘liqdir.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217624
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19110
  • 12864
  • 15845