Ассалому алейкум
Mavzu:

“Aziza”, “Hamida” va “Rahima” ismlari haqida 12.11.2017

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz. Savolim: ba’zi erkak ismlarni oxiriga "a" harfi qo‘shilib qizlarga ism quyishadi. Masalan, Rashida, Soliha, Anvara va shu kabi ismlar. Lekin Allohning sifati bo‘lgan ismlarga o‘g‘il bolalarga oldiga "abdu" qo‘shib yoziladi, lekin qizlarga Aziza, Hamida, Rahima kabi Allohning sifati bo‘lgan ismlar qo‘yiladi. Bunda karohiyat yo‘qmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
7950
Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo ism va sifatlari orasida oldiga “Abdu” qo‘shmasdan qo‘llash mumkin bo‘lmaganlari ham, “Abdu”siz ishtalish joiz bo‘lganlari ham bor. Masalan, “Samad”, “Rahmon”, “Ahad”, “G‘affor” kabi ismlarni “Abdu”siz qo‘llash joiz emas. Ammo “Karim”, “Rahim”, Halim”, “Aziz” kabi ismlarni “Abdu”siz ham qo‘llash mumkin. Shundan kelib chiqqanda, o‘g‘il bolaga “Rahim”, qiz bolaga “Rahima”, o‘g‘il bolaga “Karim”, qiz bolaga “Karima” ismini qo‘ysa bo‘ladi. Biroq qiz bolalarga “G‘affora”, “Rahmona” deb ism qo‘yish mumkin emas. Bu kabi ismlarni o‘g‘il bolalarga “Abdu”siz qo‘yish ham joiz emas.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Aziza”, “Hamida” va “Rahima” ismlari haqida 12.11.2017

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz. Savolim: bazi erkak ismlarni oxiriga "a" harfi qoshilib qizlarga ism quyishadi. Masalan, Rashida, Soliha, Anvara va shu kabi ismlar. Lekin Allohning sifati bolgan ismlarga ogil bolalarga oldiga "abdu" qoshib yoziladi, lekin qizlarga Aziza, Hamida, Rahima kabi Allohning sifati bolgan ismlar qoyiladi. Bunda karohiyat yoqmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

7950