Ассалому алейкум
Mavzu:

Aqiqa jonlig‘i suyagini sindirish joizmi? 03.10.2017

Savol:

Assalomu alaykum! Ba’zilar aqiqaga so‘yilgan jonliqning suyaklarini sindirmay, mevali daraxt tagiga ko‘mib qo‘yish kerak, deydilar. Hadislarda aqiqaga so‘yilgan hayvonning suyaklari sindirilmasligi haqida o‘qigandim. Lekin jonliqni so‘yish, go‘shtini maydalash chog‘ida suyaklari sinadi. Ba’zilar Qur’ondagi: “Chunki isrof qiluvchilar shaytonlarning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir”, oyatini dalil qilib, suyaklarni sindirmay, ko‘mib qo‘yish isrofdir. Chunki u suyaklar jin va itlarning nasibasi, deydilar. Umuman olganda aqiqaga so‘yilgan hayvonning suyaklarini sindirish, itlarga berish yoki chetroq joyga tashlab yuborish joizmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8138
Javob:

Va alaykum assalom. To‘g‘ri, aqiqa niyatida so‘yilgan jonliqning suyaklarini sindirmaslik haqida aytilgan. Ammo bu mustahab ma’nosidadir. Aqiqa jonlig‘ining suyagini sindirsa, unday bo‘larkan, bunday bo‘larkan, deyilmaydi. Shunchaki, aqiqa yangi tug‘ilgan chaqaloq nomidan qilingani sabab uning suyaklari sindirilmasa, yaxshi bo‘ladi, deyiladi. Biroq aqiqa jonlig‘ining suyaklarini xuddi boshqa niyatda so‘yilgan jonliq suyaklari kabi nazar tushmaydigan biron joyga tashlab yuborish yoki ko‘mib qo‘yish mumkin. Vallohu a’lam.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217654
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Aqiqa jonlig‘i suyagini sindirish joizmi? 03.10.2017

Assalomu alaykum! Bazilar aqiqaga soyilgan jonliqning suyaklarini sindirmay, mevali daraxt tagiga komib qoyish kerak, deydilar. Hadislarda aqiqaga soyilgan hayvonning suyaklari sindirilmasligi haqida oqigandim. Lekin jonliqni soyish, goshtini maydalash chogida suyaklari sinadi. Bazilar Qurondagi: Chunki isrof qiluvchilar shaytonlarning dostlari bolgan kimsalardir, oyatini dalil qilib, suyaklarni sindirmay, komib qoyish isrofdir. Chunki u suyaklar jin va itlarning nasibasi, deydilar. Umuman olganda aqiqaga soyilgan hayvonning suyaklarini sindirish, itlarga berish yoki chetroq joyga tashlab yuborish joizmi?

8138