Ассалому алейкум
Mavzu:

Dam soldirish va bo‘yniga olish masalasi.22.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim. Ba’zilar dam solib, odamlar shifo topishi uchun xizmat qiladilar. Ularga bu narsalar qanday ayon bo‘ladi? Iltimos, shu haqida malumot bersangiz yoki shunday malumot yozilgan manba bo‘lsa, manzilini jo‘natsangiz degandim! Javob uchun oldindan rahmat!

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
11286
Javob:

Va alaykum assalom. Shariatda bo‘yniga olish, odamli bo‘lib qolish degan narsalar yo‘q. Agar bo‘lganida buni berkitmasdan sizga aytardim. Ularning vazifasi nima, qanday ishlarni qilishlari kerakligini batafsil bayon qilib bergan bo‘lardim. Ammo shariati islomiyada bunday narsalar haqida biron narsa deyilmagan.

Siz “mening odamim bor”, “bo‘ynimga olganman”, deydigan folbin yo arroflarning Qur’ondan biron sura yoki oyatlarni o‘qishiga aldanmang, bu bir hiyla. Sodda, ilmsiz odamlarni aldash uchun qo‘llanadigan bir makr bu. Ular Qur’on o‘qigani bilan qilayotgan ishi halol bo‘lib qolmaydi. Qur’onni kofir ham, munofiq ham o‘qishi mumkin. Ammo inson qilayotgan ishi to‘g‘ri yo noto‘g‘riligi uning Qur’on o‘qishi bilan emas, balki shariat mezonlariga mos kelishi ila o‘lchanadi.

“Bo‘yniga oladigan” odam kasal bo‘lib qolishi fitna va vasvasadir. Bunda e’tiqodni to‘g‘ri qilish, shariatga mos keladigan tibbiy va ruhiy muolajalarni bajarish talab etiladi. To‘g‘ri, bunday holatda zamonaviy tibbiyot biron chora topolmay ojiz qolishi mumkin. Sababi ko‘p hollarda g‘aybiy narsalarga zamonaviy tibbiyotning “tishi” o‘tmaydi. Lekin paydo bo‘ladigan turli shubha-gumon va vasvasalarni dam solish, zikr-duolarda bardavom bo‘lish orqali daf qilish mumkin.

Bunday odamlarning ba’zilari o‘zi bilmagan holda Qur’ondan o‘qib ketishi, kimlardir unga tilovat qildirishini da’vo qiladilar. Inson ustoz ko‘rmay qanday qilib Qur’on o‘qiydi?! Jinlardan o‘rganilgan ilm ilm emas. Zero, ular ichida insonga botil narsalarni ham o‘rgatuvchilar ko‘p.

Odamli bo‘lib qolmaslikning iloji bormi? Albatta bor. Banda, avvalo, e’tiqodini mustahkam qilishi, turli asossiz narsalarga ishonmasligi, Qur’on va sunnatni mahkam ushlab, bid’at-xurofotlardan uzoq bo‘lishi kerak. Kim imonda sobitqadam bo‘lsa, unga Allohning izni bilan hech narsa zarar qilmaydi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217654
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Dam soldirish va bo‘yniga olish masalasi.22.09.2017

Assalomu alaykum. Sizdan bir narsani soramoqchi edim. Bazilar dam solib, odamlar shifo topishi uchun xizmat qiladilar. Ularga bu narsalar qanday ayon boladi? Iltimos, shu haqida malumot bersangiz yoki shunday malumot yozilgan manba bolsa, manzilini jonatsangiz degandim! Javob uchun oldindan rahmat!

11286