Ассалому алейкум
Mavzu:

“Parizoda” ismini qo‘ysa bo‘ladimi? 22.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Men shunday savol bilan murojaat qilmoqchi edim. 1. Qizlarga “Parizoda” ismini qo‘ysa bo‘ladimi? Dinimiz nuqtai nazaridan bu joizmi? 2. Islomga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda “Pari” yoki “Pariy” qo‘shimchasi qo‘shib yasalgan ismlar mavjud. Iltimos, shu masalaga aniqlik kiritsangiz. Bizning Islomiy kitoblarda yoki Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam hadislarida bu borada biror so‘z aytilganmi? Sababi, bizning ko‘pchilik yurtdoshlarimiz bu atamani dinimizda tilga olingan, deyishadi. Ayrim manbalar bu atamani zardo‘shtiylarga aloqador, Markaziy Osiyoga Erondan tarqalganligini ta’kidlagan.

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
12675
Javob:

Va alaykum assalom. “Parizoda” ismi “farishtalardan tug‘ilgan”, “farishtalar nasliga oid” ma’nosini anglatadi. Shunday ekan, bu ismni qo‘yishdan saqlanish kerak. “Pari” bilan boshlanuvchi boshqa ismlar ham bor, bular o‘rniga boshqa shar’iy (arabcha bo‘lishi shart emas, ma’nosi yaxshi bo‘lsa kifoya) ismlar qo‘yish talab etiladi.

Qur’oni karim va hadisi shariflarda “pari” so‘zi uchramaydi. Sababi bu forscha so‘z bo‘lib, hadislarda juda kam hollarda fors so‘zlari ishlatilgan. Mazkur so‘zning asli “farishta” ma’nosini anglatishi e’tiboridan bu ismni qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish kerak bo‘ladi. “Pari” bilan boshlanuvchi ismlar bizga fors tilidan kirib kelgani aniq. Uning zardo‘shtiylik bilan bog‘liqligi ham haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin. Sababi Eron va unga qo‘shni hududlarda bu botil e’tiqodga ishonuvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yana Alloh bilguvchiroqdir!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217206
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Parizoda” ismini qo‘ysa bo‘ladimi? 22.09.2017

Assalomu alaykum. Men shunday savol bilan murojaat qilmoqchi edim. 1. Qizlarga Parizoda ismini qoysa boladimi? Dinimiz nuqtai nazaridan bu joizmi? 2. Islomga etiqod qiluvchi mamlakatlarda Pari yoki Pariy qoshimchasi qoshib yasalgan ismlar mavjud. Iltimos, shu masalaga aniqlik kiritsangiz. Bizning Islomiy kitoblarda yoki Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam hadislarida bu borada biror soz aytilganmi? Sababi, bizning kopchilik yurtdoshlarimiz bu atamani dinimizda tilga olingan, deyishadi. Ayrim manbalar bu atamani zardoshtiylarga aloqador, Markaziy Osiyoga Erondan tarqalganligini takidlagan.

12675