Ассалому алейкум
Mavzu:

Bolani emizish va mahramlik masalasi.09.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum Ustoz. Avval bir saytga savol bilan murojaat qilgandim. Ya’ni, boqib olingan o‘g‘il bola ayolimga mahrammi yoki yo‘qmi, deb so‘ragandim. Agar ayolingiz yoki uning opa-singillari go‘dakni ikki yil emizsalar, shunda mahram hisoblanadi, deb javob qilingandi. Lekin masalaning bir tomoni, singlisining farzandi ikki yoshga to‘lgan. Shuning uchun o‘n besh kun-bir oygina emizishga muddati yetadi...

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
5313
Javob:

Va alaykum  assalom. Agar bola ikki yoki ikki yarim yoshigacha emsa, shar’iy emizish sobit bo‘ladi. Undan keyingisi shar’iy emizish hisoblanmaydi.

Bu yerda bir narsaga e’tibor qaratish kerak: har qanday yoshda ikki yil emas, balki ikki yoshga to‘lgunicha aqalli bir marta emsa, ayol o‘sha bolaga ona hisoblanadi.

Emish sobit bo‘lganda emizgan ayol bolaning onasi, eri uning otasiga, bolalari emikdosh aka-ukalari va opa-singillariga aylanadi. Emikdoshlar xuddi tug‘ishganlar kabidir. Ular orasida nikohlanish nojoiz.

Agar bir ayol singlisining farzandini o‘g‘il qilib olgan bo‘lsa, emizmasa ham unga mahram hisoblanaveradi. Sababi kishining xolasi unga mahramdir. Agar ayolning jiyani qiz bola bo‘lib, emizish sobit bo‘lmasa, erkakka (ya’ni, pochchasiga) nomahram hisoblanadi. Vallohu a’lam!

 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217640
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Bolani emizish va mahramlik masalasi.09.07.2017

Assalomu alaykum Ustoz. Avval bir saytga savol bilan murojaat qilgandim. Yani, boqib olingan ogil bola ayolimga mahrammi yoki yoqmi, deb soragandim. Agar ayolingiz yoki uning opa-singillari godakni ikki yil emizsalar, shunda mahram hisoblanadi, deb javob qilingandi. Lekin masalaning bir tomoni, singlisining farzandi ikki yoshga tolgan. Shuning uchun on besh kun-bir oygina emizishga muddati yetadi...

5313