Ассалому алейкум
Mavzu:

Qo‘rqish gunohmi? 20.05.2017

Savol:


 Assalomu alaykum! Bir do‘stimdan eshitib qoldim: qo‘rqish gunoh, faqat Allohdan qo‘rqish kerak. Boshqa holatdagi qo‘rqish gunoh ekan. Shu gap to‘g‘rimi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
5530
Javob:

 Va alaykum assalom. Alloh taolo Qur’onda faqat O‘zidan qo‘rqishga, taqvo qilishga chaqirgan. Allohdan qo‘rqish, U Zot ulug‘ligini e’tirof etish, aytganlarini qilish, qaytarganlaridan qaytish, Allohning g‘azabiga uchrashdan saqlanish bilan bo‘ladi. Bu borada Allohga hech narsa sherik qilinmaydi. Zero, “shu odam xohlasa, menga zarar yetkazadi, azob-uqubatga soladi”, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. 
Ma’lumki, har bir insonda tabiiy qo‘rquv hisi mavjud. Masalan, qorong‘ilikdan, yuqoriga chiqishdan, yirtqich hayvondan, suvga cho‘kish yoki tabiiy ofatlar qurboni bo‘lishdan qo‘rqish har bir odamning fitratida bor narsa. Bu – uning tabiatiga xos xislat. Buning uchun hech kim malomat qilinmaydi. Chunki, tabiiy qo‘rquv odamning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradi. Chunonchi, tabiiy qo‘rquv bilan Allohdan qo‘rqish o‘rtasida farq bor. Vallohu a’lam! 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217642
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qo‘rqish gunohmi? 20.05.2017

Assalomu alaykum! Bir dostimdan eshitib qoldim: qorqish gunoh, faqat Allohdan qorqish kerak. Boshqa holatdagi qorqish gunoh ekan. Shu gap togrimi?

5530