Ассалому алейкум
Mavzu:

Qarz olib uylansa bo‘ladimi? 29.04.2017

Savol:


    Assalomu alaykum hurmatli Ustoz.  Sizni bizga berayotgan yordamingiz va ilmingiz uchun katta rahmat Allox o‘zi sizni qo‘llab quvvatlasin. Yoshim 23 da oliy o‘quv yurtini tamomlaganman, 8 oydan buyon ishlamoqdaman ammo maoshim katta emas, uylanishni niyat qilgan edim zino qilib Alloxning qaxriga uchrashdan qo‘rqaman hamda ota-onamga ortiqcha yuk bo‘lmaslikni xoxlayman, shu sababdan qarz olib to‘y marosimini o‘tkazishim mumkinmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
6695
Javob:

   Va alaykum assalom. So‘zimiz avvalida bir muhim narsani aytib o‘tamiz: kishining jinsiy quvvati, erkaklik mas’uliyatini ado eta olishiga ko‘ra, uylanish hukmi besh xil bo‘ladi: 

1. Farz. Mahrga, ayol nafaqasiga yetarli moli bor, xotinga zulm qilmaydigan, uylanmasa, zinoga ketishi aniq, faqat uylanish bilan zinodan saqlana oladigan kishilar uchun uylanish farzdir. Bunday erkaklar uylanmay yursalar, qattiq gunohkor bo‘ladilar. 

2. Vojib. Mahrga, ayol nafaqasiga yetarli moli bor, uylansa, xotinini boqa oladigan, unga zulm qilmaydigan, uylanmasa, zinoga ketish xavfi bor kishilar uchun uylanish vojibdir. Bunday kishilar ham uylanmasalar, gunohkor bo‘ladilar. 

3. Sunnat. Mahrga, ayol nafaqasiga yetarli moli bor, xotinini boqishga qodir, unga zulm qilmaydigan, jinsiy munosabatga layoqatli, uylanmasa ham o‘zini zinodan saqlay oladigan kishilar uchun uylanish sunnatdir. Bunday kishilar uylansalar, savobga erishadilar, uylanmasalar, gunohkor bo‘lmaydilar. 

4. Harom. Mahrga, ayol nafaqasiga qurbi yetmaydigan, uylansa, xotinini boqa olmaydigan, unga zulm qilishi, jinsiy layoqatsizligi aniq kishilar uchun uylanish harom. Bunday kishilarning uylanishi joiz emas. 
Agar jinsiy aloqaga qodir bo‘lsa-yu, biroq yetarli mablag‘i bo‘lmasa, uylanishga imkon topgunicha ro‘za tutadi. Chunki ro‘za insonni nojoiz ishlardan saqlaydi. 

5. Makruh. Uylansa, ayolini kerakli narsalar bilan ta’minlay olmaslik, jinsiy aloqaga yaramaslik ehtimoli ko‘proq kishilar uchun uylanish makruhdir (Manba: “Baxtli hayot sari” kitobi). 

   Demak, uylanish istagidagi inson kelinga mahr berishga, uni zarur narsalar bilan ta’minlashga qodir bo‘lishi kerak. Uylanish uchun kimdandir qarz oldingiz ham deylik. Xo‘sh, to‘ydan keyin nima bo‘ladi? Axir siz oilangizni boqishingiz, ustiga-ustak zimmangizdagi qarzingizni to‘lashingiz lozim. Agar moliyaviy holatingiz yaxshi bo‘lmasa, o‘zingizni ham, ahli oilangizni ham qiynab qo‘yasiz. Shuning uchun uylanishga moddiy tarafdan imkoni yo‘q yigitlarga – jinsiy maylni biroz bo‘lsayam so‘ndirish uchun – ro‘za tutish tavsiya etiladi. Qolaversa, orzu-havaslarni kamaytirilsa, to‘y qilish uncha muammo tug‘dirmaydi. Cheki yo‘q orzular, bid’at-xurofotlar yoshlarning oila qurishi kechikishiga sabab bo‘layotgani achchiq haqiqatdir... 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217250
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qarz olib uylansa bo‘ladimi? 29.04.2017

Assalomu alaykum hurmatli Ustoz. Sizni bizga berayotgan yordamingiz va ilmingiz uchun katta rahmat Allox ozi sizni qollab quvvatlasin. Yoshim 23 da oliy oquv yurtini tamomlaganman, 8 oydan buyon ishlamoqdaman ammo maoshim katta emas, uylanishni niyat qilgan edim zino qilib Alloxning qaxriga uchrashdan qorqaman hamda ota-onamga ortiqcha yuk bolmaslikni xoxlayman, shu sababdan qarz olib toy marosimini otkazishim mumkinmi?

6695