Ассалому алейкум
Mavzu:

Banda ham faqih, ham so‘fiy bo‘lishi kerakmi?19.04.2017

Savol:

   Assalomu alaykum, ustoz! Molik rahmatullohi alayhning shunday deganlari rivoyat qilingan ekan: “Kim so‘fiy bo‘lsa-yu, faqih bo‘lmasa, zindiq bo‘libdi. Kim faqih bo‘lsa-yu, so‘fiy bo‘lmasa, fosiq bo‘libdi. Kim ikkisini jamlasa, muhaqqiq bo‘libdi”. U zotning bu so‘zlarini bizga sharhlab bersangiz!



 

 

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
5109
Javob:

   Va alaykum assalom. “Zindiq” so‘zi “zandaqa”dan olingan bo‘lib, lug‘atda “tor” ma’nosini anglatadi. Zindiq o‘z nafsini tanglikka olib borgan bo‘ladi. Bu so‘zning istilohiy ma’nosi “oxirat kuni va Allohning vahdoniyatiga ishonmaydigan kimsa”dir. Demak, bu borada “zindiq” so‘zi “mulhid” va “dahriy” so‘zlari bilan murodif (sinonim) sanaladi. Jumhur ulamolar fikricha, “zindiqlik” Islomni oshkor qilib, kufrni berkitishdir. Ya’ni, zindiq tashqi ko‘rinishdan musulmonga o‘xshasa-da, aslida qalbidagi kufrni berkitib yuradi. Dusuqiyga ko‘ra, bu so‘z avvalda “munofiq” ma’nosida qo‘llanilgan. Fuqaholar ham munofiqni “zindiq” deyishgan.

 

   Imom Molik rahmatullohi alayhi bu qavlida “zindiq”ni “munofiq” ma’nosida qo‘llagan bo‘lsa kerak. Zero, fiqh ilmini bilmaslik bandaning kofir bo‘lishiga sabab bo‘la olmaydi. Banda tili bilan Allohning yolg‘izligiga va Muhammad sollallohu alayhi va sallam U Zotning Rasuli va bandasi ekaniga guvohlik bersa, musulmon sanaladi. Ammo Molik ibn Anas qavlida aytilishicha, kim so‘fiy bo‘lsa, tariqat yo‘liga kirsa, ammo fiqhni – din asoslari va ibodatlarni to‘g‘ri bajarish qoidalarini o‘rganmasa, u mukammal mo‘min emas. Sababi faqat qalbni poklash, zikr-tasbeh va duo-istig‘for bilangina banda imoni komil bo‘la olmaydi. Buning uchun uning aqidasi, qilayotgan amallari, jumladan, o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi va boshqa ibodatlari shariatda ko‘rsatilganidek bajarilishi lozim. Bu yerda faqat so‘fiylik yo‘nalishidan ketib, ruhiy tarbiyaga bor e’tiborini qaratib, amallarning zohiriy jihatiga ahamiyat bermaslikdan qaytarilmoqda.

 

  “Kim faqih bo‘lsa-yu, so‘fiy bo‘lmasa, fosiq bo‘libdi” degan qavli faqat fiqhni qattiq ushlab, amallarning zohiriy jihatlarini eng nozik jihatlarigacha o‘rganib, ammo ruhiy tarbiyaga e’tiborsizlik qilish, qalbni poklash, Allohni zikr qilish va shu kabi ishlardan uzoq bo‘lish ham banda imoni noqisligidandir, ma’nosini anglatadi. Zero, amalni to‘g‘ri bajarish bilan birga uning ruhiy taraflariga ham e’tibor qaratish kerak. Masalan, namozni olaylik. Namozni to‘g‘ri o‘qish qoidalari, undagi farz, vojib, sunnat va mustahab amallarni bilish bilan birga namozda xushu’ bilan turish, Allohni ko‘rib turgandek ibodat qilishga ham e’tibor berish lozim. Demak, banda amallarning ham botiniy, ham zohiriy jihatlarga ahamiyatli bo‘lishi talab etiladi.

 

   Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayhning “Kim ikkisini jamlasa, muhaqqiq bo‘libdi”, degan qavli ham fiqh, ham ruhiy tarbiya bobida ustun bo‘lgan mo‘min haqiqiy olim, muhaqqiq, to‘g‘ri yo‘ldagi banda sanaladi, ma’nosini anglatadi. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217607
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Banda ham faqih, ham so‘fiy bo‘lishi kerakmi?19.04.2017

Assalomu alaykum, ustoz! Molik rahmatullohi alayhning shunday deganlari rivoyat qilingan ekan: Kim sofiy bolsa-yu, faqih bolmasa, zindiq bolibdi. Kim faqih bolsa-yu, sofiy bolmasa, fosiq bolibdi. Kim ikkisini jamlasa, muhaqqiq bolibdi. U zotning bu sozlarini bizga sharhlab bersangiz!

5109