Ассалому алейкум
Mavzu:

Kabutar boqish hukmi qanday? 06.04.2017

Savol:

    Assalomu alaykum, Ustoz. Sizdan bir masalani so‘ramoqchi edim: kabutar boqish va uning go‘shtini iste’mol qilish halolmi? Iltimos, shu yuzasidan batafsil ma’lumot bersangiz!

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
7577
Javob:

  Va alaykumus salom. Hanafiy mazhabi ulamolariga ko‘ra, go‘shti yeyiladigan kabutar, chumchuq va shu kabi qushlarni sotish, sotib olish va boqish mumkin. Sababi ulardan foydalaniladi. Nomi zikr qilingan qushlar go‘shtini yesa bo‘ladi. Ular pokiza qushlardir. 

عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ قَالَ: رَأَيْتُ خَاتَمًا فِي ظَهْرِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَأَنَّهُ بَيْضَةُ حَمَامٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ. 

   Jobir ibn Samura rivoyat qiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam orqalarida (ikki kuraklari orasida) xuddi kabutarning tuxumiga o‘xshash muhri nubuvvatni ko‘rganman” (Muslim va Ahmad rivoyati). 
Jobir ibn Samura roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki kuraklari o‘rtasidagi muhri nubuvvatni kabutar tuxumiga o‘xshatmoqda. 

عَنْ الْحَسَنِ قَالَ: كَانَ عُثْمَانُ لا يَخْطُبُ جُمُعَةً إِلا أَمَرَ بِقَتْلِ الْكِلابِ وَذَبْحِ الْحَمَامِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الأَدَبِ الْمُفْرَدِ وَسَنَدُهُضَعِيفٌ. 

   Hasandan rivoyat qilinishicha, Usmon juma xutbasida, albatta itlarni o‘ldirish va kabutarni so‘yishga buyurardi (Buxoriy “Al-adabul mufrad”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif). 
Ushbu rivoyatdan quturgan itlarni o‘ldirish va kabutar go‘shtini yeyish joizligi ma’lum bo‘ladi. 
Shuningdek, rangidan foydalaniladigan tovus, ovozidan foydalaniladigan bulbul, sava, kanareyka kabi qushlarni ham sotish yoki sotib olish mumkin. 

   Yuqorida kabutar go‘shti halol ekani aytildi. Ammo kabutarni sotib olib, unga juda ishqiboz bo‘lib qolish, ibodat va muhim vazifalarni unutib qo‘yish ma’qul emas. 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: رَأَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلا يَتْبَعُ حَمَامَةً قَالَ: شَيْطَانٌ يَتْبَعُ شَيْطَانَةً. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الأَدَبِ الْمُفْرَدِ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ صَحِيحٌ. 

   Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kabutarlarni kuzatib turgan kishini ko‘rib, “Erkak shayton urg‘ochi shaytonni kuzatmoqda”, deganlar (Buxoriy “Al-adabul mufrad”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih). 

Bu rivoyatdan kabutar va shu kabi qush va hayvonlarga o‘ta oshufta bo‘lish, mukkadan ketish yaxshi emasligi ma’lum bo‘ladi. Vallohu a’lam! 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217646
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kabutar boqish hukmi qanday? 06.04.2017

Assalomu alaykum, Ustoz. Sizdan bir masalani soramoqchi edim: kabutar boqish va uning goshtini istemol qilish halolmi? Iltimos, shu yuzasidan batafsil malumot bersangiz!

7577