Ассалому алейкум
Mavzu:

“Xadicha”mi yoki “Xadija” 04.04.2017

Savol:

   Assalomu alaykum, qori aka. Allohga shukr, U Zot menga qiz farzand ato etdi. Unga “Xadicha” ismini qo‘ydik. Bir tanishimning aytishicha, qizalog‘imga qo‘yilgan ism noto‘g‘ri ekan: aslida “Xadicha” emas, “Xadija” deb nomlinishi kerak ekan. Shunga aniqlik kiritib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh martabangizni ulug‘ qilsin!

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
33744
Javob:

   Va alaykum assalom. Siz qizingizga qo‘ygan ism Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilk imon keltirgan, u zotga eng qiyin damlarda yordamchi bo‘lgan muslima ayolning, mo‘minlar onasining ismidir. Qizim ham o‘sha zotga o‘xshasin, degan niyatda ushbu ismni qo‘yish yaxshi. 

   Endi masalaning boshqa tarafi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bizda bu ismni “Xadicha” deb yozish va talaffuz qilishga odatlanilgan. Aslida “Xadicha” emas, “Xadija” bo‘ladi. Buni “Abdulla” bilan “Abdulloh”ga qiyoslash mumkin. 
Siz qizingizga qo‘ygan ism asli arabcha. Ma’lumki, arablarda “ch” harfi yo‘q. Chunonchi, bu ismni “Xadija” deb yozish va talaffuz qilish maqsadga muvofiq. Yoki talaffuzda “Xadicha” deyilsa ham, hujjatlarga “Xadija” deb yozdirsa ham bo‘ladi. Lekin “Xadicha” deyish juda katta xato emasligini ham aytib o‘tish kerak. Vallohu a’lam! 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217513
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Xadicha”mi yoki “Xadija” 04.04.2017

Assalomu alaykum, qori aka. Allohga shukr, U Zot menga qiz farzand ato etdi. Unga Xadicha ismini qoydik. Bir tanishimning aytishicha, qizalogimga qoyilgan ism notogri ekan: aslida Xadicha emas, Xadija deb nomlinishi kerak ekan. Shunga aniqlik kiritib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh martabangizni ulug qilsin!

33744