Ассалому алейкум
Mavzu:

O‘rgimchak va suvarakni o‘ldirsa bo‘ladimi? 02.04.2017

Savol:

   Assalomu alaykum! Avvalo, siz va Muxlis.uz sayti jamoasidan minnatdormiz. Yo‘llayotgan savollarimizga tushunarli qilib javob beryapsiz. Maslahat o‘rnidagi murojaatlarimizni ham bee’tibor qoldirmayapsiz. Alloh xayrli amallaringizni yanada ziyoda qilsin!..
Savolim shuki, o‘rgimchak, suvarak, pashsha va shu kabi insonga zarari tegadigan hasharotlarni o‘ldirish mumkinmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
17434
Javob:

   Va alaykum assalom. Zarar keltiruvchi hasharot, ba’zi yirtqich hayvon va qushlarni o‘ldirishga ruxsat bor.

 

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: خَمْسٌ فَوَاسِقُ يُقْتَلْنَ فِي الْحِلِّ وَالْحَرَمِ: الْحَيَّةُ وَالْغُرَابُ الأَبْقَعُ وَالْفَأْرَةُ وَالْكَلْبُ الْعَقُورُ وَالْحُدَيَّا. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَمَالِكٌ وَأَحْمَدُ.

 

   Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Beshta haddidan oshuvchi hillda ham, haramda ham o‘ldiriladi: ilon, olachipor qarg‘a, sichqon, qopag‘on (qutirgan) it va kalxat” (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy, Dorimiy, Ibn Moja, Molik va Ahmad rivoyati).

   Ushbu rivoyatda zarar keltiruvchi beshta narsani haj qilayotgan odam ham, Haram chegarasidan tashqaridagi kishi ham o‘ldirishi mumkinligi aytilmoqda.
Hajdagi kishiga ov qilish, ovchiga hayvonni ko‘rsatish, daraxtlarni yulish va shu kabi ishlar man qilingan. Yuqorida nomi sanalgan jonzotlarni hajda ham o‘ldirishga ruxsat berilishi ularning zarari katta ekanidan, haj qilmagan vaqtda shubhasiz o‘ldirish lozimligidan darak beradi.

   Bu hadisda o‘ldirish joiz narsalardan beshtasi zikr qilingan. Boshqa rivoyatlarda bo‘ri, sirtlon, chayonni ham o‘ldirish mumkinligi aytilgan. Demak, banda ziyon keltiruvchi hasharot va hayvonlarni o‘ldirishi mumkin. Ammo foydasi ham, zarari ham bo‘lmagan maymun, qurbaqa, hudhud kabilarni o‘ldirish makruhdir.

   Inson hayotiga xavf soluvchi yovvoyi hayvon va boshqa jonzotlarni o‘ldirish vojib bo‘ladi. Hatto namoz o‘qib turgan odam oyog‘i bilan chayon va ilonni o‘ldirishiga ruxsat berilgan.

   Chivin va pashsha kabi mayda hasharotlarni o‘ldirish joiz. Hatto hajdagi odam ham chivin va pashshani o‘ldirishi mumkin. Sababi bu ov qilishga kirmaydi (“Al-mavsu’atul fiqhiyya al-kuvaytiyya”).

   Hadisi shariflarda ba’zi jonzotlarni o‘ldirishdan qaytarilgan. Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilishicha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam chumoli, asalari, hudhud (sassiqpopishak), surod va qurbaqani o‘ldirishdan qaytarganlar.
“Surod” chumchuqdan katta, boshi va tumshug‘i yirik qush bo‘lib, hasharotlar bilan oziqlanadi.
Hadisda chumolini o‘ldirishdan qaytarilmoqda. Ammo chumoli zarar keltiradigan bo‘lsa, uni o‘ldirish joiz.
Suvarakni (tarakan) o‘ldirish haqida biron narsa deyilmagan. Ammo u zarar keltiradigan bo‘lsa, o‘ldirish joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217746
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
O‘rgimchak va suvarakni o‘ldirsa bo‘ladimi? 02.04.2017

Assalomu alaykum! Avvalo, siz va Muxlis.uz sayti jamoasidan minnatdormiz. Yollayotgan savollarimizga tushunarli qilib javob beryapsiz. Maslahat ornidagi murojaatlarimizni ham beetibor qoldirmayapsiz. Alloh xayrli amallaringizni yanada ziyoda qilsin!.. Savolim shuki, orgimchak, suvarak, pashsha va shu kabi insonga zarari tegadigan hasharotlarni oldirish mumkinmi?

17434