Ассалому алейкум
Mavzu:

Ismini o‘zgartiraymi? 10.01.2017

Savol:

   Assalomu alaykum yaxshimisiz? Mani ayolimning ismi Fotima. Zuhrasi tug‘ilganda vafot etgan. Uning oxirgi paytda mazasi bo‘lmay qoldi. Ba’zi bir ayollar uni ismini o‘zgartirsangiz yaxshi bolib ketadi deyishyabti. Uni singlisi o‘zini yoniga chaqiryapkan bolishi mumkun deyishyapti men endi uni ismini o‘zgartirishim to‘g‘rimi ?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
4042
Javob:

   Va alaykum assalom. Agar egizaklardan biri vafot etsa, sherigining ismini o‘zgartirish haqida ko‘rsatma kelmagan. Agar shunday holat yuz bersa, egizaklarning biri o‘z ismida qolaveradi, o‘zgartirilmaydi. Illo bilmay nojoiz ism qo‘yilgan bo‘lsa, yaxshisiga o‘zgartirsa bo‘ladi.
   Keyin, vafot etib ketgan odam tiriklarni chaqirmaydi. Xalq orasida tarqalgan bunday tushunchaning hech qanday asosi yo‘q. Inson Alloh belgilab qo‘ygan rizq-nasibani to‘liq olmagunicha dunyoni tark etmaydi. Uning qachon vafot etishi ojiz banda ixtiyorida emas, Allohning xohishiga bog‘liq.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217651
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Ismini o‘zgartiraymi? 10.01.2017

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Mani ayolimning ismi Fotima. Zuhrasi tugilganda vafot etgan. Uning oxirgi paytda mazasi bolmay qoldi. Bazi bir ayollar uni ismini ozgartirsangiz yaxshi bolib ketadi deyishyabti. Uni singlisi ozini yoniga chaqiryapkan bolishi mumkun deyishyapti men endi uni ismini ozgartirishim togrimi ?

4042