Ассалому алейкум
Mavzu:

Kimlarga dam soldirish afzal? 12.11.2016

Savol:

     Qizim 18 yoshda, tez-tez ko‘ngli aynib qusadi, olib bormagan vrachlarimiz qolmadi. Ba’zilar bu qizni domlaga o‘qitib yuboringlar deb maslahat beryapti. Shunday qilsam bo‘ladimi, agar o‘qitish kerak bo‘lsa kimlarga o‘qitganim yaxshi. Oldindan rahmat!

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
19109
Javob:

    Bismillahir rohmanir rohiym! Dam solish joiz. Masalan, ko‘z tekkanda, ko‘ngil bezovta bo‘lganda yoki biron dardga chalinganda, kishi o‘ziga o‘zi dam solishi mumkin. Fotiha, Oyatul kursiy, Yosin, Kofirun, Ixlos, Falaq, Nos suralarini o‘qib dam urilsa, Allohning izni bilan foydasi bo‘ladi. Agar bu ishning uddasidan chiqolmasa, taqvodor (ishonchli, duosi mustajob) insonga dam soldirsa ham bo‘ladi.
Hadisi sharifda shunday deyilgan: “Allohning Kitobida ko‘z tegishiga qarshi 8 ta oyat bor: Fotiha surasi (7 oyat) hamda Oyatul kursiy ”.
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sha’biyning oldiga bel og‘rig‘idan shikoyat qilib keldi. Shunda u dedi:
– Sen Qur’onning asosini ko‘p o‘qishing kerak!
– Qur’onning asosi nima?
– Fotiha surasi .
Atodan rivoyat qilinadi: “Agar biron yumushing oson hal bo‘lishini istasang, Fotiha surasini oxirigacha o‘qi. Shunda, inshaalloh, (ishing) bitadi ”.
Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Eng yaxshi davo Qur’ondir”, deganlar .
Rivoyat qilinishicha, Said ibn Jubayr bir telba odamga Yosin surasini o‘qib dam soldi. Shunda haligi kishi dard ko‘rmagandek sog‘ayib ketdi .
    Talha ibn Musarrifdan rivoyat qilinadi: “Aytilishicha, bemorning oldida Qur’on o‘qilsa, o‘zini yengil his qilar ekan. Men Xaysamaning yoniga bordim. Uning mazasi yo‘q edi. “Bugun ancha yaxshisan!” deb ko‘nglini ko‘tardim. Shunda u: “Ha, bugun o‘zimizni yaxshi his qilyapman. Oldimda Qur’on o‘qilgan edi”, deb aytdi”.
    Imkoni bo‘lsa, har kim o‘ziga-o‘zi dam solgani yaxshi. Chunki bemorning ovozi begonalarnikidan ko‘ra yaxshiroq ta’sir qiladi. Lekin ba’zi vaqtlarda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun o‘zi o‘qiy olmasligi mumkin. Shunday paytda boshqa odam Qur’on o‘qib dam soladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Ixlos, Falaq, Nos suralarini o‘qib, o‘zlariga dam solardilar. Ahvollari og‘irroq bo‘lsa, Oisha onamiz u zotga dam solganlari tarixdan ma’lum.
     Boshqa odamga dam soldirilsa, dam soluvchi taqvodor, solih inson bo‘lgani ma’qul. Zero, dam solish ham duoning bir turi. Dam soluvchining nafasi o‘tkir bo‘lsa, solgan dami yaxshiroq ta’sir qiladi, bemor shifo topadi.
    Rivoyat qilinishicha, Hazrat Umar roziyallohu anhu Fotiha surasini o‘qib, xastalarga dam solsa, tezda ta’sir qilar ekan. U kishi dunyodan o‘tganidan keyin boshqalar dam solishsa, avvaliga samara bermabdi. Shunda buning asl sababidan boxabar kishilar: “Fotiha surasi-ku, o‘rnida turibdi, ammo uni o‘qiydigan Umar qani?” deyishgan ekan.
     Dam solayotganda ovozni – bemor eshitadigan darajada – biroz ko‘tarib qiroat qilinadi. Chunki tanadagi kasal hujayralar shifo topishi uchun ovoz chiqarib o‘qish kerak. Qur’on o‘qilganda insonning terisi, har bir hujayrasi eshitadi. Shuning uchun Qur’onni sal balandroq ovozda o‘qigan ma’qul.
     Qur’on bilan davolanish uchun belgilangan ma’lum vaqt yo‘q. Har qanday holatda o‘qisa bo‘ladi. Biroq ertalab, kechqurun shifo oyatlarini o‘qib dam solish afzal. Oyatlar yetti marta o‘qiladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom ba’zi shifo oyatlarini, duolarni yetti martagacha takrorlaganlar (Manba: “Qur’on – qalblar shifosi”).



______________________________________________________

1. Suyutiy naql qilgan. Mazkur rivoyat sanadi zaif.
2. Sa’labiy rivoyat qilgan. Jaloliddin Suyutiy uni “Ad-durrul mansur”da keltirgan.
3. Abu Shayx “Savob”da rivoyat qilgan.
4. Ibn Moja, Abu Nuaym rivoyat qilgan. Hadis sanadi zaif.
5. Ibn Zurays rivoyat qilgan. 
6. Bayhaqiy “Shuabul imon”da rivoyat qilgan. Suyutiy uni “Ad-durrul mansur”da keltirgan.



Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217229
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kimlarga dam soldirish afzal? 12.11.2016

Qizim 18 yoshda, tez-tez kongli aynib qusadi, olib bormagan vrachlarimiz qolmadi. Bazilar bu qizni domlaga oqitib yuboringlar deb maslahat beryapti. Shunday qilsam boladimi, agar oqitish kerak bolsa kimlarga oqitganim yaxshi. Oldindan rahmat!

19109