Ассалому алейкум
Mavzu:

Sunnatli tug‘ilgan bolaga qanday ism qo‘yish kerak? 26.10.2016

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Alloh menga o‘g‘il farzand berdi. U sunnatli holida tug‘ildi. Unga “Sunnatulloh” deb ism qo‘ydik. Bu bid’atmi yoki joizmi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
7541
Javob:

Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Farzandiga “Sunnatulloh” ismini qo‘yish joiz. Ammo ismni biron voqe’a yoki vaqtga bog‘lab qo‘yilmaydi. Masalan, safarda tug‘ilsa, “Safarali”, “Safarboy” deb, xoli bilan tug‘ilsa, “Xolmurod”, tishi bilan tug‘ilsa, “Bo‘riboy” deb ism qo‘yish dinimizda buyurilmagan. Siz ham biron narsani ko‘zda tutmagan holda o‘g‘lingizga “Sunnatulloh” ismini qo‘ysangiz bo‘ladi. Ammo aynan sunnat bilan tug‘ildi, unga “Sunnatulloh” ismini qo‘ymasa bo‘lmas ekan, deb e’tiqod qilish to‘g‘ri emas. Bu narsa odamlar tarafidan o‘ylab chiqarilgan, ya’ni bid’atdir. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217722
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Sunnatli tug‘ilgan bolaga qanday ism qo‘yish kerak? 26.10.2016

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Alloh menga ogil farzand berdi. U sunnatli holida tugildi. Unga Sunnatulloh deb ism qoydik. Bu bidatmi yoki joizmi?

7541