Ассалому алейкум
Mavzu:

O‘ziga o‘lim tilash joizmi? 03.10.2016

Savol:

Avvalgi savolimga javob oldim. Katta rahmat. Yana bir savolim bor edi: inson Alloxdan o‘z o‘limini so‘rasa, bu shak keltirishga kirmaydimi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8665
Javob:

 Bismillah, valhamdulillah! Hadisi shariflarda banda hayotdagi sinovlar oldida ojizlik qilib, o‘ziga o‘lim tilashi joiz emasligi, balki Allohga duo qilishi kerakligi ta’kidlangan.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لا يَتَمَنَّيَنَّ أَحَدُكُمْ الْمَوْتَ مِنْ ضُرٍّ أَصَابَهُ فَإِنْ كَانَ لا بُدَّ فَاعِلا فَلْيَقُلْ: اللَّهُمَّ أَحْيِنِي مَا كَانَتْ الْحَيَاةُ خَيْرًا لِي وَتَوَفَّنِي إِذَا كَانَتْ الْوَفَاةُ خَيْرًا لِي. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ.

 

    Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Sizlardan biron kishi boshiga tushgan yomon holat (kasallik, muammo, faqirlik) sababidan o‘ziga zinhor o‘lim tilamasin! Agar (shunday) qilish lozim bo‘lsa, bas, “Yo Alloh, agar yashash men uchun xayrli bo‘lsa, meni yashat! Agar o‘lim men uchun xayrli bo‘lsa, meni vafot ettir!” desin” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyati).
    Musulmon kishi boshiga tushgan qiyinchilik, g‘am-tashvish, kambag‘allik, og‘ir kasallik va shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra, o‘ziga o‘lim tilamaydi. Balki Allohga duo qilib, agar tiriklik unga yaxshi bo‘lsa, uni hayotda yashatishi, agar o‘lim yaxshiroq bo‘lsa, uni vafot ettirishi so‘raladi. Zero, Alloh banda uchun qaysi biri yaxshiroq ekanini biladi.

قَالَ أَنَسٌ: لَوْلا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لا يَتَمَنَّيَنَّ أَحَدُكُمْ الْمَوْتَ لَتَمَنَّيْتُهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ.

 

    Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Agar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan biron kishi o‘limni zinhor orzu qilmasin!” deb aytmaganlarida, uni orzu qilgan bo‘lardim” (Muslim va Ahmad rivoyati).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَنْ يُدْخِلَ أَحَدًا عَمَلُهُ الْجَنَّةَ قَالُوا: وَلا أَنْتَ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: لا وَلا أَنَا إِلا أَنْ يَتَغَمَّدَنِي اللَّهُ بِفَضْلٍ وَرَحْمَةٍ فَسَدِّدُوا وَقَارِبُوا وَلا يَتَمَنَّيَنَّ أَحَدُكُمْ الْمَوْتَ إِمَّا مُحْسِنًا فَلَعَلَّهُ أَنْ يَزْدَادَ خَيْرًا وَإِمَّا مُسِيئًا فَلَعَلَّهُ أَنْ يَسْتَعْتِبَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ.

 

    Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Biron kishini amali jannatga kirgizolmaydi”, deganlarini eshitdim. Shunda: “Ey Rasululloh, sizning ham (amalingiz kirgizolmaydi)mi?” deyildi. U zot: “Ha, meni(ng amalim) ham. Magar Alloh meni O‘z fazli va rahmati bilan o‘rab olsa, (kira olaman). Shunday ekan, to‘g‘ri bo‘linglar (yoki isloh qilinglar), me’yorni bilinglar! Sizlardan biron kishi o‘limni hargiz orzu qila ko‘rmasin! Zero, agar u solih bo‘lsa, yaxshilikni yanada ziyoda qiladi. Bordi-yu gunohkor bo‘lsa, (qilib yurgan ishlaridan) qaytadi”, dedilar” (Buxoriy, Nasoiy, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).
    Mana bu rivoyatda umrning davom etishi solih banda uchun ham, gunohkor banda uchun ham qanday manfaat keltirishi bayon qilinmoqda. Yaxshi odam uzoq umr ko‘rsa, solih amallarni bundan ham ko‘proq qiladi. Shunga qarab oxiratdagi martabasi ham yuqori bo‘ladi. Gunohkor odamning yashashi unga berilgan imkon bo‘lishi mumkin. Zero, u hayot ekan, fursat borida aqlini tanib, hidoyat yo‘liga yurib, gunohlardan tavba qiladi va gardanidagi vazifalarini bajaradi. Shu bilan o‘limdan keyingi nadomatdan qutulib qolishi mumkin.
    Imom Navaviy “Sahihu muslim”ga yozgan sharhida: “Kasallik, kambag‘allik, dushmandan qo‘rqish va dunyo mashaqqatlari sababidan o‘ziga o‘lim tilash makruhdir..”, degan. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217611
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
O‘ziga o‘lim tilash joizmi? 03.10.2016

Avvalgi savolimga javob oldim. Katta rahmat. Yana bir savolim bor edi: inson Alloxdan oz olimini sorasa, bu shak keltirishga kirmaydimi?

8665